Jamiyat

Andijonda kanal suvi toshib ketgani aytildi

Published

on


11-oktyabr, shanba kuni soat 07:58 da Andijon tumani «Qumko‘cha» MFY hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv hajmi ortib ketgani xisobiga qirg‘oq va dambalaridan qisman suv  toshib chiqqan. Natijada esa bir nechta aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv kirgan. Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan ushbu mahalliy kanalga suv tashlash to‘xtatilgan.

«Hozirda damba va qirg‘oqni muhandislik texnikalari bilan tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan», – deyiladi rasmiy xabarda.

Hodisa joyiga FVB, hokimlik, qutqaruv bo‘linmalari hamda Irrigatsiya tizimlari kuch va vositalari yetib borgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version