Jamiyat

Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etdi

Published

on


Holat 18 noyabr kuni ichki ishlar xodimining Andijon shahridagi xizmat uyida sodir bo‘lgan. Ota va uning 7 yoshli qizi vafot etgan. 3 yoshli qizi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Andijon shahrida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Holatni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, ichki ishlar xodimi O.Yo. oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan. U 18 noyabr kuni o‘z xizmat uyida voyaga yetmagan qizi bilan o‘lik holda topilgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, ota va qiz is gazidan vafot etgan.

O.Yo. o‘sha kuni tongda tunga navbatchilikdan qaytgan hamda o‘z xizmat uyiga kelib, 7 va 3 yoshli qizlari bilan birga uxlagan. Biroq tabiiy gaz ta’minotidagi uzilish oqibatida xonadonda is gazi tarqab, xodim va uning 7 yoshli qizi vafot etgan. 3 yoshli qizi esa shifoxonaga yotqizilgan. U jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolayotgani aytilmoqda.

Hozircha holat yuzasidan rasmiy axborot berilgani yo‘q. Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ning bu boradagi so‘rovini javobsiz qoldirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version