Jamiyat

Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

Published

on


Bo‘rilar hayvonot bog‘iga topshirilgan va veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilib, ularning sog‘lom ekani aniqlangan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Andijon shahridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida bo‘rilar boqib kelingani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamkorligida profilaktika hamda surishtiruv ishlari olib borilgan.

O‘rganishlar natijasida, Andijon shahar «Farobiy» MFYda yashovchi fuqaro A.A. shahar hududidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ikkita O‘rta Osiyo bo‘risini boqib kelgani aniqlangan. Fuqaro 23 may kuni o‘z ixtiyori bilan ushbu bo‘rilarni «Usmonobod Fayzi» MChJga qarashli hayvonot bog‘iga topshirgan.

Hozirda bo‘rilar veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilgan va ularning sog‘lom ekani aniqlangan.

«Bo‘rilarning kelgusida hayvonot bog‘ida qolishi va parvarishi yuzasidan tadbirlar amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version