Jamiyat
Andijon viloyati FVBga yangi rahbar tayinlandi
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib polkovnik Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich tayinlandi.
Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich 1981-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan.
U 2002-yilda Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabini, 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini, 2018-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasini qayta tayyorlash kursini tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.