Mahalliy
Andijon davlat texnika institutiga rektor tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan texnika fanlari doktori, professor Umid Muxtoraliyevich Turdialiyev Andijon davlat texnika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Umid Turdialiyev 1980-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 2003-yilda Farg‘ona politexnika institutini noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi yo‘nalishida tamomlagan.
U 2019-yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.