Dunyodan
Amerikada yirik baxtsiz hodisa yuz berdi
Dam olish kunlari Shimoliy Karolina (AQSh) yo‘llarida kuchli qor tufayli 1000 dan ortiq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Bu haqda gubernator Josh Steynga tayanib, CBS telekanali xabar berdi.
Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Eng yirik avtohalokat 100 ga yaqin mashina ishtirokida sodir bo‘lgan.
Mahalliy ob-havo byurolari ma’lumotlariga ko’ra, Shimoliy Karolinaning ba’zi qismlariga 15 santimetrdan ortiq qor yog’ib, bu hududlar uchun rekord o’rnatgan.