Iqtisodiyot

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etiladi

Published

on


Prezident farmoniga muvofiq, AQSh tomoni bilan hamraislikda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tuziladi. Kengash strategik biznes tashabbuslarini muvofiqlashtirish, yirik investitsiya va savdo loyihalarini ilgari surish hamda monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.

Kengashni tashkil etish bo‘yicha kelishuv prezidentning 4–6 noyabr kunlari AQShga tashrifi davomida «S5+1» sammiti doirasida erishilgan.

O‘zbekiston tomonidan Kengash tarkibi, reglamenti va tartib-taomillarini Prezident Administratsiyasi rahbari tasdiqlaydi.

Ustuvor vazifalar:


strategik tashabbuslar, yirik investitsiya va savdo loyihalarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
O‘zbekistonga qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish uchun maxsus investitsiya fondi yaratish, DFC, YeTTB, XMK, OTBni jalb etish;
tarif stavkalarini o‘zaro pasaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;
IT-park rezidentlari mahsulot va xizmatlarini AQShda tizimli ilgari surish;
investitsiya portfeli, shu jumladan valuta zaxiralari diversifikatsiyasi bo‘yicha takliflar.

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi huzurida Prezident Administratsiyasining maslahatchi-elchisi lavozimi joriy etiladi (tayinlash — PA rahbari vakolati).

TIV va ISSVga AQShdagi elchixona shtati va qo‘shimcha konsulliklarni ko‘paytirish bo‘yicha taklif tayyorlash (Filadelfiya, Chikago, Orlando, Sietl ustuvor), diaspora bilan samarali hamkorlik modelini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

2026 yil 1 yanvardan AQShdagi investitsiya faoliyati bo‘yicha rezidentlarning operatsiyalari (ustav fondiga ishtirok va h.k.) — cheklovlarsiz, O‘zbekiston banklaridagi rezident hisoblari doirasida amalga oshiriladi (Markaziy bank — zarur o‘zgartishlarni tayyorlaydi).

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank mamlakat investitsiya aktivlari va zaxiralari tuzilmasini foydali va likvid aktivlarga (shu jumladan, AQShdagi) yo‘naltirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Kengashning AQShdagi doimiy ofisining ijro organi shtati (AQSh mutaxassislari ishtirokida) shakllantiriladi, reglament va tartib-taomillar 20 kun/1 oy muddatlarda tayyorlanadi, o‘zaro investitsiyalarni himoya qilish bitimi bo‘yicha muzokaralar boshlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version