Jamiyat

Alsgeymer bilan og‘riganlar uchun qarab turish xizmati ko‘rsatiladi

Published

on


Hukumatning joriy yil 29-yanvardagi 36-son qarori bilan «Faol hayotga qadam» dasturi joriy etilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:


o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;
«Inson» markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi «Oila hamkori» platformasida ro‘yxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

2026-yil 1-martdan xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version