Siyosat
Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Albaniya prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Ushbu tashrifda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli muhokamalar boʻlib oʻtadi.
Oliy Majlis Qonunchilik kengashi raisi Nuridin Ismoilov va boshqa rasmiy shaxslar Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni kutib oldi.
Tashrif dasturiga koʻra, Toshkentda Oʻzbekiston va Albaniya rahbarlarining oliy darajadagi muzokaralari boʻlib oʻtadi. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini koʻrib chiqadilar.
Ikki davlat savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi. Yashil energiya va turizm sohasidagi qo‘shma loyihalar ham kun tartibidan o‘rin oladi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni jonlantirish, ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Uchrashuvda yetakchilar dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi o‘zaro yordam yuzasidan fikr almashadilar.
Tashrif doirasida Prezident Bayram Begai V. Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi tadbirda ham ishtirok etadi.