Jamiyat
Al-jabr maktabida “Savodxonlik bayrami” o‘tkazildi
Unda maktabning yuzga yaqin birinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Mazkur tadbir an’anaviy “Alifbe bayrami”dan farqli ravishda “Savodxonlik bayrami” shaklida tashkil etildi. Bu yondashuv o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda savod chiqarish jarayonini ifodalaydi.
Maktabda o‘quvchilar boshlang‘ich sinfdanoq uch til: o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim oladi. Ular o‘qish va yozish bilan bir qatorda, ravon nutq, fikrni erkin ifodalash va muloqot qilish ko‘nikmalarini ham erta bosqichdan shakllantirib boradi.
Shu bilan birga, ta’lim jarayonida aniq fanlarga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning matematika yo‘nalishidagi bilimlari tizimli ravishda rivojlantiriladi. Bu esa mantiqiy fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir davomida o‘quvchilar uch tilda she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar ijro etdi hamda sahna ko‘rinishlarida qatnashdi. Ota-onalar farzandlarining qisqa vaqt ichida erishgan natijalariga bevosita guvoh bo‘ldi.
Al-jabr xususiy maktabi rahbari Matluba Karaxodjayeva ta’kidlashicha, mazkur bayram maktabda uch tilli ta’lim tizimining amaliy natijasini namoyon etadi:
“Maktabimizda o‘quvchilar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘qish, yozish va ravon muloqot qilish ko‘nikmalarini egallaydi. Shu bois an’anaviy alifbe bayrami o‘rniga savodxonlik bayrami o‘tkaziladi. Bugungi kunda birinchi sinf o‘quvchilari uch tilda bemalol o‘qib, fikrini ifoda eta oladi.”
Tadbir o‘quvchilarning sahnadagi erkinligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashganini yaqqol namoyon etdi.
Telefon: +99855 500 8485
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd
Instagram: instagram.com/al_jabruz/
Telegram: t.me/aljabrmaktabi
Reklama huquqi asosida