Jamiyat

Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi

Published

on


Olmazor tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH natijasida bir haydovchi va ikki nafar yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 10:40 larda Toshkent shahri Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida «Malibu-1», Nexia-3, Onix hamda «Damas» rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa natijasida Nexia-3 avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan harakat qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslik hamda ehtiyotkorlikni oshirishni so‘rab qoladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version