Dunyodan

Agar Eron hukumati o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortsa…

Published

on


Eron hukumati, agar Isroil qo‘shinlari Livandagi nishonlarga hujum qilishda davom etsa, AQSh va Isroil bilan ikki haftalik sulh tuzish majburiyatini olishdan bosh tortdi.

Bu haqda Eronning Tasnim agentligi razvedka manbalariga asoslanib xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Biroq Tasnim manbalari Isroil “bugun ertalab o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini ochiqdan-ochiq buzib, Livanga shafqatsiz hujum uyushtirganini” aytdi.

Avvalroq AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi e’lon qilinganidan keyin Fors ko‘rfazi mamlakatlarida hujumlar sodir etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eron buni Ravon orolidagi neftni qayta ishlash zavodiga qilingan hujumga javob sifatida baholadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version