Dunyodan
“Agar bizning energiya tarmog’imizga zarba bo’lsa, biz javob beramiz.”
Eronga yaqin manba tomonidan berilgan bayonotda, agar Eronning energiya infratuzilmasi nishonga olinsa, mintaqa davlatlariga qarshi javob choralari ko’rilishi mumkinligi bildirildi.
“Agar Eron elektr tarmogʻi nishonga olinsa, Fors koʻrfazi mamlakatlaridagi barcha energetika infratuzilmasi uchuvchisiz samolyotlar va raketa hujumlari nishoniga aylanadi”, — deyiladi Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi bayonotida.
Bu davlatlar AQShning yaqin ittifoqchilari sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, bu bayonot AQSh prezidenti Donald Trampning so‘nggi paytlarda Eronga, jumladan, Hormuz bo‘g‘ozi masalasi va energetika infratuzilmasiga ehtimoliy hujumlarga oid keskin bayonotlari fonida yangragan.