Dunyodan
“Agar biror narsani o’g’irlasangiz, uni qaytarib berishingiz kerak.”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida muzlatilgan Rossiyaga tegishli moliyaviy mablag‘larni olib chiqish rejalariga munosabat bildirdi.
Uning aytishicha, bunday harakatlar Yevropa davlatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Prezident Putin bu nafaqat moliyaviy muammo, balki Yevropa mintaqasida iqtisodiy barqarorlik va ishonchga putur yetkazayotgan vaziyat deb baholadi.
“Bunday chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqiga bo’lgan ishonchni susaytiradi. Tabiiy resurslarga boy davlatlar bu jarayonni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu sodir bo’lgach, uni to’xtatish qiyin bo’ladi”, – deydi u.
Rossiya prezidenti Rossiya hukumati oʻz manfaatlarini xalqaro tribunallar orqali himoya qilishini taʼkidlab, “Mablagʻlar sababsiz olib qoʻyilgan boʻlsa ham, ular qaytarilishi kerak” dedi.
Putin shuningdek, agar Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya mablag‘lari hisobidan kredit berishga qaror qilsa, bu har bir a’zo davlat byudjetiga qo‘shimcha og‘irlik qilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 2026-2027-yillarda 90 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq, Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan mablag’larini Ukrainaga o’tkazish masalasi bo’yicha qaror qabul qilinmadi va ushbu mavzu bo’yicha muhokama qoldirildi.