Dunyodan

Afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris vafot etdi

Published

on


Mashhur amerikalik kinoaktyor va jang san’ati bo’yicha mutaxassis Chak Norris 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko’ra, aktyor o’limidan bir kun oldin kasalxonaga yotqizilgan. Biroq o‘lim sababi hozircha oshkor etilmagan.

Oilaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan bayonotida shunday deyilgan:

“Butun dunyo uchun u jang san’ati ustasi, aktyor va kuch timsoli edi. Biz uchun u sadoqatli turmush o’rtog’i, mehribon ota va bobo, ajoyib birodar va oilamizning yuragi edi”.

Chak Norris Gollivuddagi mashhur aktyorlardan biri, ayniqsa jangovar filmlari bilan tanilgan. U shuningdek, Uoker, Texas Reynjer teleseriali orqali mashhurlikka erishdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version