Jamiyat
«Afrosiyob» poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi: ma’lumotlar
Samarqandga ketayotgan «Afrosiyob» poyezdi Chinozda to‘xtab qoldi.
«Temiryo‘l ekspress» xabariga ko‘ra, 768-sonli Toshkent – Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdi Yangi Chinoz bekati hududida texnik sabablarga ko‘ra to‘xtadi.
Vaziyatni tezkor hal etish maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish sexidan qo‘shimcha elektropoyezd jo‘natildi.
«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.