Jamiyat

Afg‘onistondan olib kirilgan yarim tonnadan ortiq narkotik fosh etildi

Published

on


O‘zbekiston chegarasida qariyb 600 kilogramm giyohvand moddalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik partiyadagi narkotik moddalar musodara qilingan.

Ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh narkotik vositalarni tong saharda, nazorat susayadi degan taxmin bilan olib o‘tishni rejalashtirgan. Biroq chegaradagi tekshiruv jarayonida ularning harakati fosh bo‘lgan.

Surxondaryo viloyatidagi «Termiz-avto» chegara bojxona posti orqali Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi «Mersedes» rusumli yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning tirkamasida tashilayotgan «Doosan» rusumli ekskavator inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganda, texnik qurilmaning ko‘targich qismida shubhali jismlar aniqlangan.

Shundan so‘ng maxsus texnik vosita — endoskop yordamida ekskavatorning ichki qismi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv natijasida ko‘targich qismi ichiga yashirilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u yerdan 593 kilogramm «gashish» va 3 kilogramm «opiy» aniqlangan. Narkotik vositalar konstruksiyada ko‘rsatilmagan bo‘shliqlarga maxsus tarzda joylashtirilgani qayd etilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tezkor-qidiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version