Dunyodan
Afg’oniston o’z fuqarolarini Rossiyada ishlashni istaydi
Afg‘onistonning Moskvadagi elchisi Gul Hasanning TASS agentligiga ma’lum qilishicha, ikki davlat afg‘on fuqarolarini Rossiyaga ishlashga yuborish masalasini muhokama qilmoqda.
“Ikki davlat oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi va ijobiy natijaga erishish uchun asoslar bor (migratsiya masalasi boʻyicha), – dedi diplomat.
Janob Hasanning aytishicha, Afg‘oniston aholisi asosan yoshlardan iborat va mamlakat kerakli joyda malakali va professional kadrlarni safarbar etishi mumkin.