Iqtisodiyot

Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik kengaytiriladi

Published

on


Jahonda geosiyosiy va iqtisodiy muammolar keskinlashib borayotgan bir paytda O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiq va mutanosib yo‘nalishni davom ettirib, barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlaydi. Shu doirada Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyat sharoitida mamlakat barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni davom ettiradi. Yaqin qo‘shnilar bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Shu bilan birga, mintaqadagi davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish rejalashtirilmoqda.

Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, uni mintaqadagi iqtisodiy jarayonlarga keng jalb qilish esa asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qolishi ta’kidlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version