Jamiyat

AES narxi mahalliylashtirish orqali kamaytiriladi — O‘zatom

Published

on


O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasining yakuniy narxi hali aniqlanmagan.

Jizzaxda AES qurilish xarajatlari mahalliylashtirishning yuqori darajasi orqali imkon qadar kamaytiriladi. Bu haqda “O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligi davomida Spot nashriga ma’lum qildi.

“Qiymat hali aniqlanmagan. Qurilishning ma’lum parametrlari bor. Loyiha yagona maydonda umumiy infratuzilma bilan amalga oshirilayotganligi sababli u imkon qadar optimallashtiriladi. Buning natijasida biz xarajatlarni sezilarli darajada optimallashtirishga (kamaytirishga – tahr.) erishmoqdamiz. Biroq yakuniy xarajatlar mahalliy va xalqaro mutaxassislar hamda O‘zbekistondagi manfaatdor tuzilmalarni jalb qilgan holda, barcha kerakli kalkulyasiyalardan so‘ng aniqlanadi”, – dedi “O‘zatom” rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekistonning AES loyihasi narxini optimallashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini tushunadi va buyurtmachi talablariga peshvoz chiqmoqda.

Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, “mahalliylashtirishning yuqori darajasiga” erishilgan taqdirda “O‘zatom” loyihaning yakuniy qiymati bilan maqtana oladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version