Dunyodan
“Abraham Linkoln” havo kuchlari Yaqin Sharqqa yetib keldi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining “Abraham Linkoln” havo hujumi kuchlari Yaqin Sharqqa yetib keldi. Bu haqda 13-kanal xabar berdi.
Samolyot tashuvchi kema va boshqa kemalar Eronga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiya doirasida mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
“Abraham Linkoln” samolyot tashuvchisi.
AQShning THAAD havo mudofaa tizimi ham yaqin kunlarda hududga yetib kelishi kutilmoqda.
Ma’lumotnomalar: USS Abraham Linkoln – Amerika Qo’shma Shtatlari Harbiy-dengiz kuchlarining yadroviy samolyot tashuvchisi. 1989-yilda suvga tushirilgan ushbu harbiy kema dunyodagi eng kuchli dengiz platformalaridan biri hisoblanadi.
Suv hajmi – 880 ming tonna, uzunligi – 332,8 metr. Linkolnning ikkita yadroviy reaktori unga cheksiz masofa va davomiylik va 30 tugun (56 km/s) dan ortiq tezlikka erishish imkonini beradi. Ikki reaktorning umumiy quvvati 260 000 ot kuchiga teng.
Ekipaj a’zolarining umumiy soni 5680 kishi. U eng yangi texnologiyalar asosida hujum va mudofaa qurollari bilan jihozlangan 90 tagacha samolyot va vertolyotlarni olib yurishi mumkin.