Sport
Abduqodir Husanov — YeChLda eng tez yugurgan ikkinchi futbolchi
UEFA 2025/2026-yilgi Chempionlar Ligasining umumiy guruh bosqichi doirasida maydonda eng yuqori tezlikka erishgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Eng tez yuguruvchi futbolchilar o‘nligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ikkinchi o‘rinni egalladi — 34,7 km/soat. Bu himoyachi uchun juda katta natija. Birgina Kilian Mbappe soniyaning o‘ndan bir ulushlarida sal oldinda, xolos.
YeChL joriy mavsumida qayd etilgan eng yuqori tezliklar (top-10)
Kilian Mbappe («Real Madrid») — 34,9 km/soatAbduqodir Husanov («Manchester Siti») — 34,7Karlush Borjesh («Bryugge») — 34,3Anderson Silva («Pafos») — 34,1Federiko Valverde («Real Madrid») — 34,0Rikardo Pepi (PSV) — 34,0Jeremi Frimpong («Liverpul») — 34,0Erling Holand («Manchester Siti») — 34,0Entoni Gordon («Nyukasl») — 34,0Entoni Gordon (2-natijasi, «Nyukasl») — 33,9
Source link