Sport

Abduqodir Husanov Osiyoning ramziy terma jamoasidan joy oldi

Published

on


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025-yil uchun OFK (AFC) ramziy terma jamoasini e’lon qildi. 

Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi. 

2025-yil Husanov uchun nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi. O‘tgan yili u «Lans»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi va Angliya Premer-ligasida to‘p surgan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Iyun oyida esa milliy terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin «Goalpost» nashri Abduqodir Husanovni 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topgan edi. 

 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version