Sport

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Published

on


O‘zbekistonlik himoyachi o‘tgan oyda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 7 tasini asosiy tarkibda boshladi va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning «Manchester Siti» klubida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

21 yoshli futbolchi muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma va portugaliyalik yarimhimoyachi Bernardu Silvani ortda qoldirdi.

Husanov o‘tgan oyda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 7 tasini asosiy tarkibda boshladi.

O‘zbekistonlik himoyachi 2025 yil yanvar oyidan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version