Sport
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da ikkinchi marta oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yarimhimoyachi Rodri va vinger Jyeremi Dokuni ortda qoldirdi.
Himoyachi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning mart oyi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘zbekiston milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yarimhimoyachi Rodri va vinger Jyeremi Dokuni ortda qoldirdi.
Husanov ikkinchi marta shunday sovrinni qo‘lga kiritmoqda – avvalroq u jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
O‘tgan oyda Husanov barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 5 tasini asosiy tarkibda boshladi. Shuningdek, Husanov Angliya Liga Kubogida zafar quchdi. 22 mart kuni Abduqodir finalda «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir «shaharliklar» safiga 2025 yil yanvarida Fransiyaning «Lans» klubidan ko‘chib o‘tgan va ayni paytda Pep Gvardiola jamoasining asosiy himoyachilaridan biriga aylanib ulgurdi.