Sport
A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (top-15)
Capalogy portali A Seriya (Italiya chempionati)ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini tuzdi.
«Yuventus»ning serb hujumchisi Dushan Vlahovich — Italiyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi. Uning yillik ish haqi 22 mln yevro atrofida.
Solishtirish uchun: Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh to‘lanadigan Kilian Mbappe «Real»dan yiliga 31,2 mln yevro oladi. Umuman olganda, eng yuqori maoshlar ispan klublarida italyan klublariga qaraganda sezilardi darajada baland: Italiya chempionatidagi maoshi eng yaxshi uch futbolchigina La Liga top-20ligiga kira olgan bo‘lardi.
A Seriya: eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar (top-15):
Dushan Vlahovich («Yuventus») — 22 mln yevro
Lautaro Martines («Inter») — 16,6 mln yevro
Paulo Dibala («Roma») — 12,9 mln yevro
Nikolo Barella («Inter») — 12 mln yevro
Jonatan Devid («Yuventus») — 11,1 mln yevro
Hoqon Chalxono‘g‘li («Inter») — 11,1 mln yevro
Kevin De Bryuyne («Napoli») — 11,1 mln yevro
Alessandro Bastoni («Inter») — 10,1 mln yevro
Bremer («Yuventus») — 9,2 mln yevro
Pyotr Zelinski («Inter») — 8,3 mln yevro
Alvaro Morata («Komo») — 8,3 mln yevro
Markus Tyuram («Inter») — 7,6 mln yevro
Romelu Lukaku («Napoli») — 7,6 mln yevro
Federiko Dimarko («Inter») — 7,4 mln yevro
Ismoil Bennaser («Milan») — 7 mln yevro