Siyosat
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida investorlar va tadbirkorlar bilan uçraşuvda xalqaro aviaqatnovlarni köpaytiriş masalasiga töxtaldi.
Hozirda Özbekistondan dunyoning 102 ta şahriga töğridan-töğri xalqaro reyslar amalga oşirilmoqda. Biroq Avstraliya, Şimoliy va Şarqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan sayyohlar hali ham tranzit yönalişlar orqali kelmoqda.
Kelasi oydan Turkiyaning «Pegasus» aviakompaniyasi Buxoro, Termiz va Andijonga töğridan-töğri reyslarni yölga qöyişi maʼlum qilindi. «Turkish Airlines», «Etihad Airways» va «Flynas» kabi aviakompaniyalar ham yangi yönalişlarga qiziqiş bildirmoqda.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga «beşinçi havo erkinligi» rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollaştiriş topşirildi.
Siyosat
Prezident davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Amman şahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forumiva boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Bölajak muzokaralar kun tartibidan Özbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olgan. Xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almaşinuvlarini faollaştirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça bir qator hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Siyosat
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
Umid Mamadaminov Özbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori imzolangan.
Şu munosabat bilan Mamadaminov Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Umid Mamadaminov mazkur lavozimda 2026 yilning 24-iyunidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
-
Sport8 hours ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Siyosat7 hours ago
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
-
Mahalliy7 hours ago
jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?
-
Jamiyat7 hours ago
Toşkentda har qanday ob-havoda körinadigan proyeksion piyodalar ötiş joyi örnatildi
-
Siyosat6 hours ago
Prezident davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi
-
Mahalliy8 hours ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Mahalliy6 hours ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Sport7 hours ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
