Iqtisodiyot
Toshkentda moliyaviy xizmatlar hajmi 75 trln so‘mdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 125,8 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 24,5 foizga ko‘p. Moliyaviy xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda bu ko‘rsatkich 75,1 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ro‘yxatdagi viloyatlar orasidagi eng yuqori natijadan bir necha barobar ko‘p.
Farg‘ona viloyatida 6 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Toshkent viloyatida 5,7 trln so‘m, Andijonda 5,6 trln so‘m qayd etilgan.
Samarqandda xizmatlar hajmi 4,8 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,1 trln so‘mni tashkil qilgan. Xorazmda 3,5 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, Surxondaryoda ham bu ko‘rsatkich 3,5 trln so‘m bo‘lgan.
Buxoro viloyatida 3,4 trln so‘m, Namanganda 3,3 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan. Jizzaxda 3 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,9 trln so‘m qayd etilgan.
Navoiy viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 2,8 trln so‘mga yetgan. Sirdaryoda esa 2 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot
Gulnora Karimovaning musodara qilingan 252,5 mln dollari Özbekistonga qaytariladi
zbekiston va Şveysariya örtasida Gulnora Karimovaning Şveysariyada musodara qilingan aktivlarining navbatdagi qismini qaytariş böyiça bitim tasdiqlandi. Hujjat doirasida mamlakatga 252,5 mln dollar miqdoridagi mablağlar qaytariladi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Resurslarni taqsimlaş strategiyasining ikkinçi bosqiçini iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fazilkarimov, Şveysariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl imzoladi.
Qaytarilgan mablağlar «Işonç» (Uzbekistan Vision 2030 Fund) trast jamğarmasi orqali BMT va Jahon banki iştirokidagi dasturlarga yönaltiriladi.
Strategiyaning ikkinçi bosqiçida ikkita asosiy ustuvor yönaliş belgilangan:
Soğliqni saqlaş: bolalar va ösmirlarga tibbiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş, kasalliklarning oldini oliş va erta aniqlaş, ayrim onkologik kasalliklarni davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş.
Taʼlim: yangi maktablar qurilişini qöllab-quvvatlaş, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, öqituvçilar malakasini oşiriş va sifatli taʼlimdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.
Loyihalarni amalga oşirişda qişloq hududlari va ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyati çeklangan aholi qatlamlariga alohida urğu beriladi. Jamğarma faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, şaffoflik, mablağlarning maqsadli sarflanişi hamda fuqarolik jamiyati vakillarining mustaqil monitoringi asosiy tamoyil sifatida belgilangan.
Taʼkidlaş kerakki, «Işonç» jamğarmasi Gulnora Karimovaning aktivlarini restitutsiya qiliş doirasida Özbekistonga qaytariladigan mablağlarni boşqariş uçun taşkil etilgan.
Iqtisodiyot
Oktyabrda tezkor tölovlar orqali 158,4 trln sömlik operatsiyalar amalga oşirildi
2026-yil oktyabr oyida Markaziy bankning Tezkor tölovlar tizimi orqali jami 7,39 millionta tölov amalga oşirilib, ularning umumiy qiymati 158,4 trillion sömni taşkil etdi.
Markaziy bankning banklar kesimidagi tahliliy maʼlumotlariga köra, uşbu tölovlarning 3,12 milliontaga yaqini budjetga yönaltirilgan. Ularning umumiy summasi 19,62 trillion sömga teng bölgan.
Budjet tölovlari tizim orqali amalga oşirilgan operatsiyalar sonining 42,3 foizini taşkil etgan. Biroq ularning umumiy qiymatidagi uluşi 12,4 foizga teng bölgan.
Oktyabr oyida tölovlar soni böyiça «Aloqabank» yetakçilik qilgan. Bank orqali 2,81 millionta tölov amalga oşirilgan. Keyingi örinlarda Markaziy bank — 1,12 millionta va «TBC bank» — 759 mingta tölov bilan qayd etilgan.
«Milliy bank» orqali 444,1 mingta, «Hamkorbank» orqali esa 391,3 mingta tölov amalga oşirilgan.
Tölovlarning umumiy summasi böyiça esa Markaziy bank — 29,6 trillion söm, «Milliy bank» — 22,9 trillion söm va «Özsanoatqurilişbank» — 14,8 trillion söm bilan yuqori körsatkiçlarni qayd etgan.
Budjetga yönaltirilgan tölovlar summasi böyiça «Milliy bank» 5,52 trillion söm bilan birinçi örinda. «Özsanoatqurilişbank» orqali 2,77 trillion söm, «Aloqabank» orqali esa 2,51 trillion sömlik budjet tölovlari amalga oşirilgan. «Asia Alliance bank»da bu körsatkiç 2,09 trillion sömni, «Asaka bank»da esa 2,05 trillion sömni taşkil etgan.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
-
Sport2 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Sport2 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Jamiyat2 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Mahalliy2 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Siyosat2 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Mahalliy2 days ago
jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?
-
Jamiyat2 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
-
Sport2 days ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
