Siyosat
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi mumkin
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida «Mamay» o‘tkazish punkti ochilishi kutilmoqda. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maxsus vakili Bakit Torobayev Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi «Mamay» xalqaro o‘tkazish punkti loyihasini amalga oshirish jarayoni bilan tanishdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur postni ochish va Kerben — Mamay avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«O‘tkazish punkti foydalanishga topshirilsa, mahalliy aholida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qo‘shni mamlakatga eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu turizm rivojiga ham turtki beradi. Xususan, Padisho-Ota, Sari-Chelek va Qora-Qamish kabi go‘zal maskanlarga sayyohlar oqimi ko‘payishi kutilmoqda. Mahalliy aholining iqtisodiy faolligi oshadi», — dedi Torobayev.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasidagi «Mamay» o‘tkazish punkti 2020 yilda yopilgan edi. Qirg‘iziston Jo‘g‘org‘i Kenesh deputatlari so‘nggi bir necha yil davomida mazkur chegara posti faoliyatini qayta tiklashga chaqirib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil iyul oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga yetkazishga kelishib olgan.
Siyosat
Prezident bugun Xorazm viloyatiga boradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi.
Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Siyosat
«Ishonchni himoya qilish» tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati
O‘zbekiston Prezidenti imzolagan qonunga ko‘ra, sud-huquq islohotlari doirasida fuqaro va tadbirkorlarning mulkiy va huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan muhim tamoyillar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Quyida ularning bir nechtasi keltiriladi:
Agar shaxs davlat organining hujjatiga ishonib, o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa (masalan, ajratilgan yer va binoda investitsiya majburiyatini bajargan bo‘lsa), mazkur hujjat keyinchalik arzimagan bahonalar bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.
Bunda istisno holatlar ya’ni hujjat faqat shaxs o‘z majburiyatini lozim darajada bajarmaganda yoki jamoat manfaatiga real tahdid solingandagina bekor qilinishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) ishi qo‘zg‘atilgani sababli kreditorning da’vosi ko‘rib chiqilmay qolsa, u oldindan to‘lagan davlat boji to‘liq qaytarib beriladi.
Endilikda halol investorlar va tadbirkorlar o‘z majburiyatlarini bajargandan so‘ng arzimagan kamchiliklar sababli mol-mulki yoki yer maydonidan ayrilib qolish xavfidan himoyalanadi. Shuningdek, sudda ishi ko‘rib chiqilmagan tadbirkorlarning behuda pul yo‘qotishining oldi olinib, ularning moliyaviy resurslari muhofaza qilinadi.
Siyosat
Prezident Administratsiyasi faoliyati qonun bilan tartibga solindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 6-avgustda qabul qilinib, 7-avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.
Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi davlat boshlig‘ining vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi hisoblanadi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
Shuningdek, Administratsiya Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlari ijrosi doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning ijrosini monitoring qiladi va nazoratni tashkil etadi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari qatoriga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishini tahlil qilish, islohotlarni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlash kiritildi.
Shuningdek, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishiga ko‘maklashish hamda sud-huquq tizimini isloh qilishda ishtirok etish vazifalari belgilandi.
Administratsiya aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, fuqarolarning Prezidentga murojaat qilish huquqini amalga oshirishi uchun sharoit yaratish bilan ham shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, davlat kadrlar siyosati, qonunchilik siyosati, tashqi munosabatlar va Prezident huzuridagi maslahat-kengash organlari faoliyatini tashkiliy ta’minlash ham Administratsiya vazifalari qatoriga kiritildi.
Qonun Administratsiyaga davlat organlari va tashkilotlaridan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish vakolatini beradi.
Administratsiya rahbari esa Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari rahbarlari faoliyatini nazorat qilishi, ularga topshiriqlar berishi va natijadorligini baholashni tashkil etishi mumkin.
Hujjatda Administratsiya faoliyatining asosiy prinsiplari ham belgilangan. Ular qatorida Konstitutsiya va qonunlar ustunligi, inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi, xolislik, mustaqillik, ochiqlik va shaffoflik ko‘rsatilgan.
Qonunning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Siyosat
Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi
Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi
Source link
Siyosat
Prezident qator tadbirkorlarni taqdirlash bo‘yicha farmonni imzoladi
Prezident Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan
Boltayev Odiljon Olimjonovich – Samarqand shahridagi “Azia metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori, Samarqand viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan
Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich – Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
Isakov Muhsinjon Qosimjonovich – Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori,Farg‘ona viloyati
Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich – Bo‘stonliq tumanidagi “Central Asian constriction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan
Axmedov Baxtiyor Ergashevich – Baxmal tumanidagi “Qo‘shchinor mevasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Kazimov Botir Xaydarovich – Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Umirzakov Shunkar Umarovich – Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Sharipov Umarbek Kuranbayevich – Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Axmedov Qodirjon Maxmudovich – O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
Masharipov Otaxon Karimberganovich – Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati
Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich – Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Uraimov Isroiljon Xakimovich – Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich – “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi, Toshkent shahri
Babitsa Rastislav – “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori
Ganiyev Boisxon Basitovich – Shayxontohur tumanidagi “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich – Chust tumanidagi “Shust textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Klain Robert – “Voltalia” kompaniyasi boshqaruvi raisi
Kodirov Bexzod Normamatovich – Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Mamatqulov Oybek Axmedovich – Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
Matkarimova Xanifa Sapayevna – Bog‘ot tumanidagi “Dilshoda Dilshodbek Manzura” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Mirzajonov Shermuxammad Kozimovich – Yangiyo‘l tumanidagi “Imperial granit” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Turumov Xolmirza Almaxmatovich – Yakkabog‘ tumanidagi “Oqtosh kelajagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
O‘ral O‘zkan – “Odas Enerji CA” kompaniyasi rahbari
Usmanov A’zam Anvarovich – To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Xamidov Adaxamjan Abduraimovich – “Forteks” kompaniyasi rahbari
Xujamov Botir Mamadaliyevich – Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Yuldashev Ikram Yalgashevich – Nukus shahridagi “Karakalpak palace hotel” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
“Mardlik” ordeni bilan
Jumaniyozova Roxat Ishimovna – Tuproqqal’a tumanidagi “Marjona Saboxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Qo‘shshayev Afzal Axmadovich – Shofirkon tumanidagi “Jilvon jilosi 2020” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Maxkamov Otabek Erkinovich – Ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger
Musayev Muzaffarxon Obosxonovich – Kichik biznes uyushmasi raisi o‘rinbosari
Urunboyev Ma’ruf Husan o‘g‘li – Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Nazarova Xadicha Abdullayevna – “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Farg‘ona viloyati
Raximiy Sharif Uktamovich – Urganch shahridagi “Surge med” xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Ataboyev Xusan Karimovich – Sergeli tumanidagi “Atabaevs production” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Baratov Shoislom Abdug‘ani o‘g‘li – Guliston shahridagi “Ideal study” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati
Kenjayev Anvar Olimovich – Buxoro shahridagi “Amirshoh 777” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
“Jasorat” medali bilan
Qurbonov Asror Shomurotovich – Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati
Qurbonov Furkat Farhod o‘g‘li – Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati
Ochilova Zulfiya To‘rayevna – Peshku tumanidagi “Zulfiya To‘ra qizi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich – Shahrisabz shahridagi “Lazzat pishloq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Maksudov Bekzod Ulug‘bek o‘g‘li – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Intest max” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Nurmuxamedov Elbek Timurovich – Yashnobod tumanidagi “East-games” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Soliyev Muxammadxon Bobirshoyevich – Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich – Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Dadaxonov Davron Toxirovich – Yunusobod tumanidagi “Global export company” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Jabbarova Yulduz Xasanovna – Sharof Rashidov tumanidagi “Yu-Meva” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Maxmudov Farxod Gayratovich – “Brio group” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Murtazayev Shoxrux Davronbekovich – Yashnobod tumanidagi “Cinema store” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna – G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati
Obidov Dadaxon Odilovich – Sergeli tumanidagi “Xon films” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Olimova Inobat Ravshanovna – Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
Pan Yevgeniya Leonidovna – Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich – Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Sagdiyev Temur Xayrullayevich – Mirobod tumanidagi “Design studio” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Sultanov Mirsaid Salamatdinovich – Nukus shahridagi “Ajiniyaz Qaraqalpaq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li – Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati
Tulyaganov Gafur Axmadjanovich – “Ahmad oltin jo‘ja” restoranlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
Umirzokov Oybek Tajibayevich – Asaka tumanidagi “Everest metall grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
O‘rinov Sherali Boboqulovich – “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
Ustadjalilov Dantes Farxodovich – Guliston shahridagi “Dantes construction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
Xayrullayev Azim Abdurasulovich – Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
Xamidov Lazizbek Yodgarovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tasnif group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
Xudoyberdiyeva Ziyodaxon A’zamjonovna – O‘rta Chirchiq tumanidagi “Ziyotrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Choriyeva Gulnora Djurakulovna – Shahrisabz shahridagi “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Yusupov Shuxrat Fazlitdinovich – Sergeli tumanidagi “Makiz baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri.
Quyidagilar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:
Begjanova Salima Rajatdinovna – Bo‘zatov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ilyasova Elvira Askarbayevna – “Hunarmand” uyushmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kalnazarov Baxadur Ibanovich – Qo‘ng‘irot tumanidagi “Ustyurt sodium sulfate” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Masharipov Azat Bazarbayevich – Beruniy tumanidagi “Usta Bozorboy” xususiy korxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mustafayev Azat Yesbosinovich – Taxiatosh tumanidagi “Atiyaj gulzar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Saburov Dilshod Kabuljanovich – To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka tekstil group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Shimbergenov Azat Adilbayevich – Nukus shahridagi “Nukus evro stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Dusmuratov Mirzadiyor Mirzagayratovich – Andijon tumanidagi “Makon Mirzo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Raximov Yunusjon Nematovich – Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Raxmatova Buzaynab Mirsaitovna – Oltinko‘l tumanidagi “Pergament Snegurochka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Sayfutdinova Shaxnoza Alisher qizi – Marhamat tumanidagi “XXI asr akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Andijon viloyati
Tursunov Jomoldin Ostanakulovich – Xo‘jaobod tumanidagi “Everest MMM” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Umarov Zoxidjon Ziyaidinovich – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Sog‘lom avlod” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Amonov Vohidjon Ne’matullayevich – G‘ijduvon tumanidagi “Demo Clean” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Axrorova Shahnoza Botirovna – Buxoro shahridagi “Rangrez Bukhara” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Bobokalonov Sanjar Ramazonovich – Vobkent tumanidagi “Shirin ethno house” oilaviy turizm korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Iskandarov G‘ayrat Hasanovich – Qorako‘l tumanidagi “Hasanobod shifo-bol” asalarichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati
Toyirov Azizjon Ergashevich – Shofirkon tumanidagi “Family food claster” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
Tohirov Bobomurod Bahodirovich – Buxoro shahridagi “Miramax turist trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati
Abjalov Nuriddin Saatovich – Sharof Rashidov tumanidagi “Paxtakorlik Diyorjon dalasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Buronov Jaxongir Nusratovich – Zarbdor tumanidagi “Miramiller” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
Davletiyarov Daniyar Begdullayevich – “ADM Jizzakh” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati
Mavlanov Shuxrat Tulkinovich – “Professional assets management” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati
Suvanqulov Shohhasan Muhammad o‘g‘li – Paxtakor tumanidagi “Semrug‘ cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Sultonov Mirtoza Hikmatovich – Do‘stlik tumanidagi “Obi Sangzor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Tog‘ayeva Yulduz Abduraimovna – G‘allaorol tumanidagi “New world savdo” oilaviy korxonasi ta’sischisi, Jizzax viloyati
Yunusov Abdulaziz Abduaxatovich – Jizzax shahridagi “Roison home white goods” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
Kudratov Iskandar Nigmatovich – Qarshi shahridagi “Asl yuksalish savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Qobulov Yaxshimurod Xurozovich – Ko‘kdala tumanidagi “Qobulov Xo‘roz Xolboyevich” polizchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Murtazayev Xurshid Rustamovich – Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz bunyodkori” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna – Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Sayliyev Jamol Kamolovich – Qarshi tumanidagi “Radiant silk” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati
Umirov Sarvar Numonovich – Shahrisabz tumanidagi “Hisor maxsus qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Xaydarov Otabek Rustamovich – Chiroqchi tumanidagi “Komfort star new” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
Choriyev Obidjon Barakovich – Ko‘kdala tumanidagi “Bobur” yilqichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Jiyanov Juraboy Nuritdinovich – Navoiy shahridagi “Golden lift” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati
Temirov Sherzodxuja Ilxomjonovich – Karmana tumanidagi “Metall mahsulot zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati
Xaydarov Navro‘z Qudratovich – Konimex tumanidagi “Navoiy dizayn plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
Xusainov Firdavs Xafizovich – Navoiy shahridagi “Navoiy montaj avtomatika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
Shomiyeva Ulash Shonozarovna – Qiziltepa tumanidagi “Akobir Marjona orzusi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
Bekmuratov Nosir Abdimanopovich – Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Citrus city” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati
Mamashayev Baxodir Abduvaxobovich – Davlatobod tumanidagi “Comfort cool system” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Nasimova Nigora Musaxanovna – Yangi Namangan tumanidagi “Zarka” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Nuritdinov Oybek Yusubjonovich – Namangan tumanidagi “Yusuf bahor gullari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Rustamova Nasiba Karim qizi – Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Namangan viloyati
Sadikov Ruslan Yurevich – Namangan shahridagi “Grand textile service” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Axmedjonov Farrux A’zamovich – Samarqand shahridagi “Renessans dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati
Begimov Ulugbek Najimovich – Paxtachi tumanidagi “Alisher” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati
Gadoyev Begimqul O‘lmasovich – Urgut tumanidagi “Maxmadjon nurafshon” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati
Djabborov Jaxongir Djurakulovich – Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Jalilov Shokirjon Raupovich – Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Li Yuriy Arkadevich – Samarqand shahridagi “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, Samarqand viloyati
Raxmatov Farxod Rasulovich – Samarqand tumanidagi “Gulobod mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Bosimov Rustam Raxmatulloyevich – Guliston shahridagi “Bosimov Rustam Raxmatulloyevich” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
Daniyarov Abdushoxid Abduganiyevich – Boyovut tumanidagi “Abdumavlon Daniyarov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Zulpixarova Zamira Ergenovna – Guliston shahridagi “Istiqlol kommunal xizmat ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Sirdaryo viloyati
Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna – Guliston tumanidagi “Aleyna textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Turayev Qobiljon Tinchlikovich – Guliston shahridagi “MMX PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Xaytmetov Otabek Azadovich – Yangiyer shahridagi “Eco wood plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich – Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li – Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi – Termiz shahridagi “Nova pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati
Iminova Nargiza Djurayevna – Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati
Ishkobilov Shaydulla Temirovich – Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati
Murodov Muxibullo Gulmurodovich – Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Xidirov Mirolim G‘ayratovich – Boysun tumanidagi “Boysun ugol” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
Hasanov Begali O‘ralovich – Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati
Nazarov A’zam Abdikadirovich – Angren shahridagi “Fresh market Angren” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Pirmatova Dildora Ilxamovna – Parkent tumanidagi “Elastikum” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Raximov Davron Raxmon o‘g‘li – O‘rta Chirchiq tumanidagi “Jannatmakon mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Soliyev Azizbek Xabibullayevich – Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sof gigiyenik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati
Shavkatov Savlat Davlatovich – Zangiota tumanidagi “Mos pekar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Asqarov Abdumalik Abdisatorovich – Toshloq tumanidagi “Xurmo eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna – Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Mamadaliyev G‘ayratjon Ismonaliyevich – Quva tumanidagi “Mamadaliyev G‘ayratjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Mamadaliyev Maxamadali Raxmonovich – Farg‘ona tumanidagi “Rivoj-98” xususiy korxonasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati
Maxsudov Ozodbek Baxromaliyevich – Oltiariq tumanidagi “Tinchlik meva export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
Tolipov Alpon Xamidjonovich – Uchko‘prik tumanidagi “Khat decor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati
Xojiboyev Nodirbek Masaminovich – Farg‘ona shahridagi “Swissagro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Farg‘ona viloyati
Sherqulov Abduraxmon Maxmutaliyevich – Uchko‘prik tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Farg‘ona viloyati
Asmatillayev Raxmatilla Ibragimovich – Hazorasp tumanidagi “Hazorasp Amur baliqlari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Karimov Gayrat Baxodirovich – Urganch shahridagi “Bog‘i Eram Xorazm” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna – Xiva shahridagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Raximov Adilbek Erkinovich – Xiva shahridagi “Erkin Palas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Xorazm viloyati
Sabirov Behzod Ko‘chkorovich – Tuproqqal’a tumanidagi “Space-S” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
Sultanov Shavkat Ruzmamatovich – Xonqa tumanidagi “Xonqa express export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Xodjayev Dilshod Ruzmatovich – “Fly Khiva group” xususiy aviakompaniyasi bosh direktori, Xorazm viloyati
Yuldashev Murodjon Ochildiyevich – Urganch shahridagi “Arton Urgench invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Abduazizov Boriy Abduvaliyevich – Yakkasaroy tumanidagi “Diva teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
Abdullayev Abdukayum Abdusattarovich – Mirobod tumanidagi “Qo‘noq hotels” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Abduraximova Zalina Ibadullayevna – Chilonzor tumanidagi “Nosirxon-Muslim” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha direktori, Toshkent shahri
Abdufattaxov Nodir Abdufattaxovich – Ijtimoiy tarmoqlardagi “Mr. Etiket” sahifasi asoschisi, bloger
Akbarov Rashod Muxamedfatixovich – Bektemir tumanidagi “Baner print” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Aliyeva Dono Xayrullayevna – Yashnobod tumanidagi “Greenleaf produsts” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Alimov Ismail Israildjanovich – Yashnobod tumanidagi “Isko” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Aslanov Zafariddin Xayrullayevich – Yunusobod tumanidagi “Sofizar” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Ashurov Behzod Akbar o‘g‘li – Bektemir tumanidagi “Mirzo Bobur” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
G‘aybulloyev Nozimjon Abdunayimovich – Chilonzor tumanidagi “Rubber plast pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Gulyamov Bexzod Xayotovich – “Oqtepa lavash” fastfud tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
Djumayev Djasur Xurshidovich – Yunusobod tumanidagi “Uzum technologies” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Jurayev Saydmurod Alixanovich – Yangihayot tumanidagi “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Toshkent shahri
Islamova Dinara Ulugbekovna – Mirobod tumanidagi “Dodo pizza Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Ishmuxamedov Umidjon Kudratillayevich – Chilonzor tumanidagi “Edu Action” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
Mirzamuxamedov Muxtor Zaxidjanovich – Uchtepa tumanidagi “Mavis global” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Mirtursunov Zafar Shuxratovich – Yangihayot tumanidagi “Health line” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Mullabayev Muzaffar Shaniyazovich – Mirobod tumanidagi “Asia kandi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Nasirxodjayev Yaxyoxo‘ja Boxodirovich – “Nano” xususiy klinikasi asoschisi, Toshkent shahri
Nuritdinov Aziz Rustamovich – Yunusobod tumanidagi “Eman” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Raximov Otabek Alisher o‘g‘li – Olmazor tumanidagi “Ijod-ijod” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent shahri
Toshov Rustam Numonjonovich – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “IT-Alliance SWS” yuridik shaxslar uyushmasi rahbari, Toshkent shahri
Tursunov Iskandar Muxammadiyevich – Yangihayot tumanidagi “Al Muamalat Consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Ubaydullayev Azizbek Ubaydulla o‘g‘li – Yangihayot tumanidagi “Electronic autonomous solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Shukurov Izzat Surat o‘g‘li – Mirobod tumanidagi “YandexGo UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri.
-
Iqtisodiyot5 days agoDushanbadan dollar yana tushadi: so‘nggi ma’lumotlar
-
Mahalliy4 days ago
Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangi talabalarga tabrik yo‘lladi
-
Iqtisodiyot3 days agoХоразмда бугуннинг ўзида 176 млн долларлик лойиҳалар ишга туширилди
-
Siyosat5 days ago«Ishonchni himoya qilish» tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekiston iqtisodiyotida xizmatlar sohasining ulushi 50 foizdan oshdi
-
Jamiyat3 days ago
Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston avtomobil bozorida pasayish kuzatilmoqda
-
Iqtisodiyot5 days ago
Banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdisi 19,1 mlrd dollar bo‘ldi
