Sport
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochilishida qatnashdi (foto)
Qirg‘izistonda ilk xalqaro toifadagi golf klubi ochildi.
Cho‘lponota shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari qardosh Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va xalqini yangi obyektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.
Sport
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni ösmirlar örtasida dzyudo böyiça jahon çempionati munosabati bilan mamlakatimizda bölib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi.
Uçraşuvda uşbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzyudo maktabini rivojlantiriş va yoş sportçilarni tayyorlaş borasida hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Toşkent jahonning nufuzli dzyudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani taʼkidlandi. Sönggi uç yilda mamlakatimizda 4 ming nafardan ziyod sportçi iştirokida 10 ta xalqaro musobaqa ötkazildi. Joriy yilgi ösmirlar örtasidagi jahon çempionati esa ilk bor Özbekistonda taşkil etilmoqda.
Marius Vizer yurtimizda sportni rivojlantiriş va yoşlarni sportga keng jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Özbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlariga tayyorlaş, mamlakatimizda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaş hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Dzyudo böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionati 19-22-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadi. Unda 78 mamlakatdan 600 nafarga yaqin yoş sportçi bellaşmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.
Sport
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
Anzur Ismoilov 41 yoşida professional futbolçilik faoliyatini yakunladi. Uning katta futbol bilan xayrlaşuv marosimi Özbekiston Superligasining 28-turidan örin olgan «Lokomotiv» — «Paxtakor» (3:1) uçraşuvida taşkil etildi.
Uning professional faoliyatidagi klublari (himoyaçi ampluasida):
«Dinamo» Samarqand (2001-2002)
«Traktor» (2002–2003)
«Paxtakor» (2003–2009)
«Bunyodkor» (2010–2011)
«Çangçun Yatay» (Xitoy, 2011–2018)
«Lokomotiv» Toşkent (2018–2020)
«Paxtakor» (2020–2022)
OKMK (2022–2024)
«Lokomotiv» Toşkent (2024-yildan hozirgaça)
Anzur Ismoilov Özbekiston milliy jamoasi tarkibida 105 ta bahsda maydonga tuşgan.
Sport
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
Xitoyning Sindao şahrida Jahon yelkanli sport federatsiyasi (World Sailing) Boş assambleyasi bölib ötdi. Unda bir qator milliy federatsiyalarni taşkilotga tölaqonli aʼzo sifatida qabul qiliş masalasi körib çiqildi.
Ovoz beriş natijalariga köra, Özbekiston yelkanli sport federatsiyasi 95,08 foiz ovoz bilan World Sailing taşkilotining tölaqonli aʼzosi böldi.
Uşbu maqom milliy federatsiyaga xalqaro taşkilotning sportni rivojlantiriş dasturlaridan foydalaniş, mutaxassislar malakasini oşiriş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eng muhimi, endilikda özbekistonlik yelkanli sport ustalari Olimpiya öyinlariga saralaş musobaqalarida iştirok etiş huquqiga ega böladi.
Mazkur qaror Özbekistonda yelkanli sportni rivojlantiriş va sportçilarning xalqaro maydondagi iştirokini kengaytirişda muhim qadam hisoblanadi.
Sport
O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda vakillarimiz ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonayotib, imkoniyatni boy berdilar.
O‘yinda O‘zbekiston 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. 46-daqiqada Behruz Karimov farqni ikkitaga oshirdi. Biroq rossiyaliklar 10 daqiqa ichida 3 ta gol urishga erishib, g‘alabani ilib ketdilar.
Gollar: 1:0 – 4, Viktor Melyoxin (avtogol); 2:0 – 46, Behruz Karimov (Dostonbek Hamdamov); 2:1 – 70, Nikolay Komlichenko (Kirill Danilov); 2:2 – 75, Nikolay Komlichenko; 2:3 – 79, Aleksey Miranchuk (Danil Krugovoy)
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
-
Sport22 hours ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Jamiyat20 hours ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Sport21 hours ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Sport20 hours ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
-
Siyosat20 hours ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Siyosat22 hours ago
Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi
-
Mahalliy22 hours ago
jahlni bir yarim daqiqada qanday «öçiriş» mumkin?
-
Mahalliy22 hours ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
