Connect with us

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mamlakatimiz yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok etadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Germaniya prezidenti rasmiy kutib olindi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva sarmoyaviy infratuzilma bilan tanishish maqsadida Ostona xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi

Published

on


Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston poytaxtiga safari chog‘ida mamlakatning moliyaviy infratuzilmasi va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish tajribasi bilan tanishish maqsadida Ostona xalqaro moliya markaziga (AIFC) tashrif buyurdi.

Foto: Saida Mirziyoeva/Telegram

Tashrif O‘zbekiston Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish bo‘yicha faol ish olib borayotgan bir pallaga to‘g‘ri keladi va Qozog‘istonning ushbu sohadagi o‘rnatilgan tajribasi o‘zbek siyosatchilari uchun juda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

AIFC xalqaro kapitalni jalb qilish, global moliyaviy xizmatlar bozorlarini rivojlantirish va biznes operatsiyalari uchun qulay muhitni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, mintaqadagi yetakchi moliyaviy platformalardan biri sifatida keng eʼtirof etilgan.

Tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida tajriba almashish nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘istonga, balki kengroq Markaziy Osiyo mintaqasiga xorijiy sarmoya oqimini tezlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

«Endigi vazifa erishilgan kelishuvlarni real loyihalarga aylantirish»

Published

on


​Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent investitsiya forumini yuqori baholadi.

Bu yilgi Toshkent investitsiya forumi dunyoning 100 ta mamlakatidan 4000 dan ziyod ishtirokchini o‘zida jamladi.

Anjuman dasturi g‘oyat sermazmun bo‘lib, undan dolzarb global iqtisodiy masalalar muhokamasi, turli davlatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, investorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

​Forum doirasida Prezident mamlakatimiz iqtisodiyoti o‘sishini ta’minlaydigan oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdilar. Bular qatorida kapital bozorini rivojlantirish,«yashil» iqtisodiyot, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalari bor.

​«O‘zbekiston o‘zining investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda: so‘nggi besh yilda mamlakatimizga 123 milliard dollar sarmoya jalb etildi. Endigi asosiy vazifa — erishilgan barcha kelishuvlarni iqtisodiyot, biznes va jamiyat farovonligiga xizmat qiladigan real loyihalarga aylantirishdan iborat», deya ta’kidladi PA rahbari.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident yirik xalqaro investitsiya va moliya kompaniyalariga minnatdorchilik bildirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xorijiy investorlar kengashi yig‘ilishida mamlakat investitsiya muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan yangi takliflar ko‘rib chiqildi. Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, yig‘ilishga tayyorgarlik jarayonida xalqaro kompaniyalar va investorlardan 120 ta yangi taklif hamda tashabbus kelib tushgan.

Ushbu takliflar atroflicha tahlil qilinib, yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirilgan. Ular investitsiya muhitini yaxshilash, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank sohasi, korporativ boshqaruv, shuningdek sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalarini qamrab olgan.

Prezident bugungi kunda valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartiblarini yengillashtirish, islomiy sug‘urta va «yashil» kreditlar kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish, bank aktivlari bozorini shakllantirish hamda korxonalarda ESG tamoyillarini keng qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, muammolarga aniq yechimlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Shu munosabat bilan mazkur ishlarni o‘z zimmasiga olgan ishchi guruhlar hamraislari — «Vision Invest», «BDO», «Crowe», «OTP Group», «Franklin Templeton», «Ernst & Young», «Costa Legal» va «ACWA» kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildirildi.

«Yil davomidagi tahlillaringiz asosida qanday muammolarni aniqladingiz? Investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun Hukumat nimalar qilishi kerak? Sizlarni diqqat bilan tinglashga, har bir muammo va tavsiyani batafsil muhokama qilishga tayyormiz», dedi Prezident.

Davlat rahbari barcha takliflar ochiq muloqot asosida ko‘rib chiqilishi va yig‘in yakunlari bo‘yicha yagona «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Xorijiy investorlarning fikr va takliflari eshitilganidan so‘ng, Prezident muloqotni mazmunli va foydali deb baholadi.

«Ayniqsa, amaliy natijaga yo‘naltirilgan takliflaringizdan juda xursand bo‘ldim. Chin hamkorlarimizning barcha tashabbuslari xalqimiz farovonligi va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi», dedi davlat rahbari.

Prezident ta’kidlaganidek, Yangi O‘zbekistonda ochiq, barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishda xalqaro investorlarning hissasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning fikricha, bunday muloqotlar qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti va investitsiya muhiti shuncha tez rivojlanadi. Yig‘ilish yakunida davlat rahbari barcha ishtirokchilarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoeva Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashib, ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Telegram/SShMirziyoyeva

Uchrashuvda Mirziyoyeva Qozogʻiston rahbariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi. Tadbirdan so‘ng u rasmiy Telegram-kanalida ikki tomonlama munosabatlar chuqurligiga alohida urg‘u berib, Qozog‘iston O‘zbekistonning oddiy qo‘shnisi emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va sobit ittifoqchi ekanini ta’kidladi.

Mirziyoyeva xonim Prezident Tokayevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qatʼiy qarorini taʼkidladi. Ushbu munozarada Toshkent va Ostona oʻrtasidagi transchegaraviy hamkorlik va mustahkam mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha davom etayotgan saʼy-harakatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ushbu yuqori darajadagi diplomatik hamkorlik yaqinda Saida Mirziyoyeva Toshkent xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustinni qabul qilgan muzokaralardan so‘ng bo‘ldi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.