Connect with us

Jamiyat

Bugun O‘zbekistonda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bryusselda o‘zbekistonlik fuqaroning hayoti saqlab qolindi

Published

on


Belgiya shifokorlari va O‘zbekiston diplomatlarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik fuqaro muvaffaqiyatli davolanib, vatanga qaytarildi.

Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi V.A. Niderlandiyada qurilish sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Ma’lum qilinishicha, o‘tkir tish infeksiyasi paytida o‘z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilinmagani oqibatida og‘ir yallig‘lanish jarayoni kelib chiqqan.

Fuqaro Bryussel shahri orqali O‘zbekistonga qaytish vaqtida ahvoli keskin yomonlashgan va zudlik bilan Sent-Lyuk universitet klinikasiga yotqizilgan. Shifokorlar bemor ahvolini kritik deb baholagan.

Klinika mutaxassislari tomonidan ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Uzoq vaqt davomida bemor sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda jonlantirish bo‘limida davolangan.

Fuqaro shifoxonaga yotqizilgan ilk kunlardan boshlab O‘zbekiston elchixonasi xodimlari bemorning qarindoshlari, shifokorlar va klinika ma’muriyati bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Elchixona tomonidan zarur konsullik va tashkiliy yordamlar ko‘rsatilib, uning davolanishi hamda keyinchalik Vatanga qaytishi to‘liq nazorat qilingan.

Belgiya shifokorlarining yuqori malakasi, tezkor tibbiy yordam va o‘zbek diplomatlarining amaliy ko‘magi tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Hozirda V.A. O‘zbekistonda bo‘lib, oilasi bag‘rida sog‘lig‘ini tiklash va davolanishni davom ettirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi? — FVB izoh berdi

Published

on


27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani aytilmoqda» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Uchqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi Guliston, Paxtachi, Tegirmon va Birlik mahallalari orqali oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmadi.

Namangan FVB fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘ramoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Iyun oyi va yoz faslida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Published

on


Iyun oyi va yoz faslida ob-havo qanday o‘zgaradi? 

Joriy yilda yoz beqaror va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3-iyun kunlari respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja bo‘ladi. 

Keyinchalik oy oxirigacha harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 29-34 darajadan 34-39 darajagacha o‘zgarib turadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim kunlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi. 

Oyning birinchi yarmida ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Bu yilgi yoz qanday bo‘ladi? U ekstremal issiq bo‘ladimi? Bu savol oson emas. 

Amerika iqlim prognozlari markazining so‘nggi byulleteniga ko‘ra, 2026-yil may oyida El-Nino hodisasi boshlanishining birinchi aniq belgilari (Tinch okeanida suv haroratining keskin ko‘tarilishi) qayd etildi, bu esa sayyoramizda global havo haroratining keyingi oshishiga sabab bo‘ladi. 

Hozirgi vaqtda bircha iqlim tizimi neytral deb hisoblanadi, ammo okeandagi suv harorati juda yuqori tezlikda ko‘tarilmoqda. Bu dunyoning yetakchi mavsumiy prognozlash markazlari tomonidan 2026-yil yozi issiq bo‘lishi prognozlari bilan bog‘liqdir. 

Bu O‘zbekiston uchun nimani anglatadi? 

O‘zbekistonda yoz an’anaviy ravishda quruq va issiq bo‘ladi – bu O‘rta Osiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatidir. Bundan tashqari, so‘nggi 15 yil davomida yoz fasllari o‘rtacha harorati ko‘tarilishining barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda 

Jahon prognoz markazlari hisob-kitoblariga asoslangan holda O‘zgidrometning dastlabki baholashiga ko‘ra, joriy yilda yozning o‘rtacha harorati me’yordan biroz yuqori bo‘lishi mumkin. 

Yozgi mavsum davomida ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan juda issiq ob-havo davrlari bo‘lishi kutilmoqda. Yoz o‘rtalarida eng issiq kunlarda havo harorati 42-44 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 45-47 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bayram kunlarida tibbiyot muassasalari ish tartibi e’lon qilindi

Published

on


Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi? Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket 5 kun dam oladi.

Xo‘sh, bu sanalarda tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlaydi? SSV bu haqda ma’lumot berdi. 

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.

27 – 31-may kunlari:

– tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar;

– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari;

– hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

 Shuningdek, bayram va dam olish kunlari:

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Respublika tez tibbiy yordam markazining 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi odatiy ish faoliyatini davom ettiradi.

– mamlakatimizdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

27-may kuni:

Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan yurtimizdagi masjidlarda tez tibbiy yordam brigadalarining navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Order” yo‘q, endi bemorlar qanday davolanadi? (video)

Published

on


Bugungi kunda O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ilgari bemorlar davolanish uchun qog‘oz shaklidagi “order” olishga majbur edi. Bu esa vaqt yo‘qotish, ortiqcha sarsongarchilik va ayrim holatlarda korrupsiyaga ham sabab bo‘lar edi.
 
Endi esa bu tizim bosqichma-bosqich bekor qilinib, uning o‘rniga davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilmoqda.
 
Xo‘sh, bu tizim haqiqatda qanday ishlayapti? Bemorlar uchun nima o‘zgardi? Va eng muhimi – bu o‘zgarishlar oddiy inson hayotini yengillashtirdimi?
 
Ilgari “order” tizimi qanday ishlagan va muammo nimada edi?
 
Yangi tibbiy sug‘urta tizimi aholiga nima berdi?
 
“Order yo‘q” degani – bemor uchun nima degani?
 
Qaysi davlatlar tajribasi o‘rganildi? Qaysi mexanizmlar olindi? Bizning sharoitga qanday moslashtirildi?
 
Kimlar bepul davolanish huquqiga ega?
 
Aholi bu haqda qayerdan aniq ma’lumot olishi mumkin?
 
Agar bemorga yo‘llanma berilmasa, u nima qilishi kerak?
 
Bemorlar oylab navbat kutardi. Hozir vaziyat qanday?
 
Elektron navbat qanday samara beryapti?
 
“Tanish-bilishsiz” ham tez davolanish mumkinmi?
 
Bu tizim hozir qaysi hududlarda to‘liq ishlayapti? Qachon to‘liq joriy etiladi?
 
Bemor “bepul davolanaman” deb borsa, amalda yana pul to‘laydimi? Qaysi xizmatlar to‘liq bepul, qaysilariga to‘lanadi?
 
Poliklinikada “bizda bor” deyilgan dori keyin yo‘q bo‘lib qolishi – bu nima bilan bog‘liq?
 
Davlat tomonidan beriladigan dorilar ro‘yxati bormi?
 
Dorilar qanday taqsimlanadi: Toshkent va chekka hududlarda farq bormi?
 
Dori yetishmovchiligi uchun kim javob beradi?
 
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mutaxassislari Ruhillo Mahmudov hamda Shuhrat Safarov bilan shu mavzuda suhbatlashdik va bir qator savollarga javob oldik.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.