Connect with us

Siyosat

Londonda moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining rahbari Saida Mirziyoyeva 18-may kuni Londonda moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashdi.

Varun Chandra (Buyuk Britaniya bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi) hamda lord Jon Olderdays (Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili) bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining (UzNIF) jahon bozorlariga muvaffaqiyatli chiqishi hamda Britaniya biznes doiralarining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani muhokama qilindi.


Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Ta’kidlanishicha, hozirgacha Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollardan oshgan.

Saida Mirziyoyevaning navbatdagi uchrashuvi jahondagi eng yirik aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalardan sanalgan Franklin Templeton bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan bo‘ldi.

Uchrashuvda mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, moliyaviy boshqaruv sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro kliring tizimlari bilan integratsiya hamda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.


Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Jenni Jonson O‘zbekistonda IPOga tayyorgarlik jarayoni qisqa muddatda amalga oshirilganini va mahalliy kompaniyalar aksiyalari savdosi yuqori natijalarni ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlagan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva London fond birjasi bosh ijrochi direktori Juliya Enn Hoggett bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining London fond birjasi platformasiga muvaffaqiyatli chiqishi, barqaror moliyalashtirish, ESG standartlari, “yashil” obligatsiyalar hamda o‘zbek kompaniyalarini global bozorlarda ishlashga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.


Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Juliya Enn Hoggettning aytishicha, UzNIF IPOsi London fond birjasida so‘nggi besh yil ichidagi eng yirik joylashtirishlardan biriga aylangan. Uning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston iqtisodiyotida olib borilayotgan islohotlar va mamlakatning investitsion jozibadorligi ortib borayotganining yorqin ko‘rsatkichidir.

Saida Mirziyoyeva global investorlar O‘zbekistondagi islohotlar natijalarini amalda ko‘rayotgani va mamlakat iqtisodiyotiga ishonch bildirayotganini qayd etdi.


Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Kechagi tadbirlar doirasida Prezident administratsiyasi rahbari Londonda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi.

«Uning birja savdolarining ochilish marosimida yonimizda turib, qo‘llab-quvvatlagani biz uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Muloqot davomida o‘zaro aloqalarimizni yanada mustahkamlash istiqbollariga to‘xtalib, oldinga qo‘yiladigan qadamlar borasida aniq kelishib oldik», deyiladi xabarda.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari IPOga chiqish haqida fikrlarini bildirib o‘tgandi. U tizimli va izchil islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti 3 barobar o‘sgani, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlanganini qayd etgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.