Connect with us

Jamiyat

Dam olish kunlari harorat sezilarli ravishda ko‘tariladi

Published

on


Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi. 

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 24-27 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida 29-32 darajagacha bo‘ladi.

​Dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 25-aprel — shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda, shuningdek, 26-aprel — yakshanba kuni Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shanba kuni kunduzi havo 28-31 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32-35 darajagacha isiydi.

​Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlar bo‘yicha havo harorati ushbu darajalar atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 20-23 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 25-28 darajagacha pasayadi.

​24-25-aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarida, 26 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-27 daraja bo‘ladi.

Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Dam olish kunlari havo harorati 27-30 daraja atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja bo‘ladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bugun O‘zbekistonning aksariyat qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda ba’zi joylarda 40-43° gacha bo‘ladi.
 
Toshkentda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/chs gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi

Published

on


Toshkent shahri va Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida elektr tarmoqlariga ulab berish hamda transformatorni almashtirib berish evaziga noqonuniy pul olgan elektr ta’minoti sohasi xodimlari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmazor tuman TET elektromontyori Sh.Sh. fuqaro M.M.ga tegishli xonadon hududidagi novvoyxonani elektr tarmoqlariga ulab berish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilib, 5 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Hazorasp tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi R.S. ham qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, u “B.A.” fermer xo‘jaligi rahbari G‘.A.ning yer maydonidagi past kuchlanishli transformatorni yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirib berish evaziga 7 million so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi

Published

on


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Katta Chimyon tog‘ida sayr qilish vaqtida yo‘ldan adashib qolgan to‘rt nafar fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan qidiruv ishlari natijasida topilib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

17 iyun kuni soat 14:49 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga “112” tizimi orqali Bo‘stonliq tumani hududidagi Katta Chimyon tog‘ida to‘rt nafar fuqaro adashib qolgani va ularga amaliy yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, tog‘li hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida adashib qolgan fuqarolarning joylashuv o‘rni aniqlanib, ular xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Barcha fuqarolarning ahvoli yaxshi ekani bildirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni tog‘li hududlarga sayohat qilishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, harakatlanish yo‘nalishini oldindan belgilab olish hamda zarurat tug‘ilganda tezkor xizmatlarga murojaat qilishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi

Published

on


Namangan viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qariyb 4 kilogramm gashish moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Toshkent – Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomashina Pop tumanidagi «Namangan» YPX maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv jarayonida avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 1989 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli sumkadan 3 kilogramm 956 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxs ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam sudlangan hamshahari bilan til biriktirgan holda qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kelgani ma’lum bo‘lgan. Natijada ikkinchi gumonlanuvchi ham protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mutasaddi idoralar fuqarolarni giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organlarga zudlik bilan xabar berishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qidiruvdagi shaxsning uyidan katta miqdorda narkotik topildi

Published

on



Qidiruvdagi shaxsning uyidan katta miqdorda narkotik topildi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.