Siyosat
Qonun chiqaruvchi yuan O‘zbekistonning BRIKSning yangi taraqqiyot bankiga a’zoligini ma’qulladi
21-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik kengashi O‘zbekistonning Yangi taraqqiyot bankiga (YTB) a’zoligi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi.
Foto: BRIKS ekspertlar kengashi – Rossiya
Parlament yig‘ilishida deputatlar ushbu a’zolik respublika uchun tarixiy voqea ekanligini ta’kidladilar. Ular NDBda ishtirok etish O‘zbekistonning tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan ochiq va pragmatik investitsiya siyosatining mantiqiy davomi ekanligini ta’kidladilar.
NDB bilan hamkorlik orqali O‘zbekiston uzoq muddatli va imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bank aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli sheriklik tamoyili asosida faoliyat yuritadi va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va barqaror rivojlanish loyihalariga alohida eʼtibor qaratadi.
A’zolar a’zolik, ayniqsa, energiya, transport, suv xo’jaligi va umumiy infratuzilma kabi ustuvor loyihalar uchun muqobil investitsiya oqimlarini yaratishini ta’kidladilar. Bu 2024-yil oktabr oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS+ sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va uning moliyaviy mexanizmi bilan aloqalarni chuqurlashtirish niyatini bildirgan strategik maqsadlarga hamohangdir.
Ushbu qonun loyihasini tasdiqlash uchun asos 2025-yil iyun oyida Prezident Mirziyoyev va Milliy taraqqiyot banki prezidenti Dilma Russeff o‘rtasidagi uchrashuvda yanada mustahkamlandi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi oldidan olib borilgan muhokamalar natijasida NTB boshqaruvi O‘zbekistonning a’zo bo‘lishiga “prinsipial rozi bo‘lgani” ma’lum bo‘ldi.
Kelgusi hamkorlik doirasida ustuvor qo‘shma loyihalarning dastur sxemasi allaqachon ishlab chiqilgan. Portfel butun mamlakat bo’ylab yirik sanoat va ijtimoiy infratuzilmani yangilashga qaratilgan va taxminan 5 milliard dollarga baholanmoqda.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
