Jamiyat
Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi
«O‘zgidromet» dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
11-12-aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 10-12-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kechalari 11-13 daraja, kunduz kunlari 23-25 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Toşkentda prokuratura organlarining 35 yilligiga bağişlangan xalqaro forum boşlandi
2026-yil 26-noyabr kuni Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida Özbekiston prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan «Tashkent Law Enforcement Forum – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi öz işini boşladi.
Boş prokuratura va Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi tomonidan taşkil etilgan ikki kunlik forum «Qonuniylik va huquq-tartibotni himoya qilişda: zamonaviy tahdidlar va yangi yeçimlar» mavzusiga bağişlangan.
Unda huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari va tegişli idoralar vakillari iştirok etmoqda.
Forumning oçiliş marosimida Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev kiriş sözi bilan qatnaşdi. U prokuratura organlarining 35 yillik taraqqiyot yöli, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş borasidagi ustuvor vazifalar haqida söz yuritdi.
Şuningdek, forumda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining örinbosari Rahimjon Hakimov, Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Uluğbek Abdusalomov, Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Marjona Murodova va Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov iştirok etdi.
Xalqaro taşkilotlar nomidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasining Afğoniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston böyiça mintaqaviy vakili Oliver Ştolpe hamda YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi rahbari vazifasini bajaruvçi Andrian Krintya qutlov nutqlari va maʼruzalari bilan qatnaşdi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor Munira Aminova ham maʼruza qildi.
Forumning birinçi kunida iştirokçilar Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining ilmiy-innovatsion paviloni faoliyati bilan ham tanişdi.
Ikki kunlik tadbir doirasida qonuniylikni taʼminlaş, huquq-tartibotni mustahkamlaş, zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda ilğor yondaşuvlar va innovatsion yeçimlarni joriy etiş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr va tajriba almaşiş rejalaştirilgan.
Jamiyat
Qizil kitobga kiritilgan noyob quşlarni sotmoqçi bölgan huquqbuzar uşlandi
Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya tezkor guruhi va IIO xodimlari hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.
Reyd davomida Namangan şahar «Yangi asr» mahallasida istiqomat qiluvçi fuqaro K.B. loçinlar oilasiga mansub itolği yirtqiç quşini sotayotgan paytda qölga olindi. Qolaversa, u yaşaş hovlisida yana bir yovvoyi tur — qarçiğay quşini boqayotganligi aniqlandi.
Maʼlumot uçun, itolği (loçinlar oilasi) va qarçiğay (qarçiğaylar oilasi) yöqolib borayotgan va zaif holatga yaqin tur sifatida Özbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining Qizil röyxatiga kiritilgan.
Reyd davomida quşlar Töraqörğon tumanidagi maxsus pitomnikka topşirildi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori 14-ilovasiga asosan, huquqbuzarlar tomonidan hayvonot dunyosiga jami 1,3 milliard sömdan ziyod zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Holat yuzasidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida prokuratura organlariga yuborildi.
Jamiyat
Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi
Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi.
Islohotlar yuqori haq tölanadigan iş örinlarini köpaytiriş, xususiy sektor rolini kengaytiriş, ekologik barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni şakllantirişga qaratilgan.
Moliyalaştiriş paketi doirasida ijtimoiy suğurta, jumladan, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar qamrovini kengaytiriş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlarini mustahkamlaş nazarda tutilgan.
Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va oilalarga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasi oşiriladi.
Keng polosali internetdan foydalanuvçilar sonini yana 500 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan bölib, ularning 250 ming nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Fermerlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş ham közda tutilgan.
Energetika sohasida elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş, energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollarlik xususiy investitsiya jalb qiliş hamda taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya quvvatini 3 ming megavattga yetkaziş maqsad qilingan.
Jamiyat
Prezident maktubi — yoş avlodga mehr va maʼrifat saboği
Davlatimiz rahbarining nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi nafaqat oilaviy mehr ifodasi, balki Özbekiston yoşlarini ilm olişga, öz ustida işlaşga va Vatanga munosib farzand bölib kamol topişga çorlovçi ezgu murojaatdir.
Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 133-maktab öquvçilari ham maktubdagi samimiy satrlar orqali yoş avlodga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikni his etdilar.
Maktubdagi quyidagi satrlar har bir öquvçi uçun muhim hayotiy saboq böla oladi:
«Ilm-maʼrifat örganişga sidqidildan harakat qil! Çunki bilim va tafakkur bitmas-tuganmas boylikdir».
Bu satrlar yoşlarning qalbida bilimga intiliş, orzu-maqsadlar sari dadil qadam taşlaş va kelajak uçun masʼuliyat hissini mustahkamlaydi.
Jamiyat
Özbekistonda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar beriş tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 25-noyabrdagi 640-son qarori bilan «Huquqbuzarlik holatlari haqida xabar qiliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, xabardor qiluvçi subyektlar öz xizmat va kasbiy faoliyati davomida huquqbuzarliklar, jumladan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik, voyaga yetmaganlarning nikohi hamda 16 yoşgaça bölgan şaxslarning homiladorlik holatlari haqida xabar beradi.
Bunday holatlar quyidagi manbalar orqali aniqlanadi:
jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari;
taʼlim-tarbiya jarayonidagi pedagogik kuzatuvlar, öquvçilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar;
tibbiy yordam va reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş, tibbiy körikdan ötkaziş va dispanser nazoratiga oliş jarayonlari;
xizmat va kasbiy faoliyat davomida boşqa manbalardan olingan maʼlumotlar.
Masʼul xodim xabarnoma yuboriş vaqtida yoki undan söng zudlik bilan jabrlanuvçiga xabarnomaning mazmuni, qonunçilikda belgilangan himoya çoralari, jumladan, himoya orderi oliş imkoniyati haqida maʼlumot berişi lozim.
Şuningdek, jabrlanuvçiga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va boşqa taşkilotlarda mavjud xizmatlar, bepul yuridik maslahat oliş huquqi tuşuntiriladi.
Idoraviy axborot tizimlari töliq integratsiya qilinguniga qadar huquqbuzarlik holatlari haqida Içki işlar vazirligining 102 yoki 112 yagona dispetçerlik xizmatiga qönğiroq qiliş orqali xabar beriladi.
-
Sport4 days ago
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
-
Sport4 days ago
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
-
Mahalliy4 days ago
Özbekistonlik öquvçilar AQŞdagi ilmiy yarmarkalarga jalb etiladi
-
Jamiyat4 days ago
Sayyoramizdagi eng badavlat ayollar
-
Mahalliy4 days ago
Birinçi sinf öquvçilari 2027-yildan yangi alifboda öqiydi – loyiha
-
Siyosat4 days ago
Özbekiston «beşinçi havo erkinligi» rejimi asosida aviaqatnovlarni kengaytirmoqçi
-
Jamiyat4 days agoNon qadri — boşoq qilmagan avlodga xat
-
Sport4 days ago
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
