Connect with us

Iqtisodiyot

Belarus savdo tarmoqlari o‘zbek mahsulotlariga qiziqish bildirmoqda

Published

on


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ishtirokida 10 mart kuni Belarusning yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondan xo‘l va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Belarus savdo tarmoqlariga yetkazib berish, Belarusdan esa go‘sht va sut mahsulotlarini o‘zaro bozorlarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ishbilarmonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kuchaytirish, kontakt ma’lumotlarini almashish va yaqin vaqt ichida Belarus chakana savdo tarmoqlarining O‘zbekistonga biznes-missiyalarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Muloqot Palata raisi Davron Vaxabovning 2–6 mart kunlari Belarusga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning davomi sifatida tashkil etildi.

Tashrif doirasida tomonlar o‘zbek mahsulotlarini, avvalo, yirik supermarket tarmoqlari orqali Belarus bozoriga kengroq olib kirish imkoniyatlarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek, mahsulotlarni yetkazib berishda logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, O‘zbekistonga yuk bilan kelgan transport vositalarini qaytishda bo‘sh yubormasdan, ular orqali Belarus bozoriga mahsulot yetkazib berish varianti ham ko‘rib chiqilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

Published

on


Markaziy bank 2025-yil 12-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 98,88 so‘mga tushdi va 14 067,77 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 281,34 so‘m (-81,07).

Rossiya rubli 153,40 so‘m etib belgilandi (-0,58)



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda sanoat bo‘yicha yetakchi hudud ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda jami 85,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati 27,1 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri 13,9 trln so‘m va Toshkent viloyati 12,2 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi bilan qayd etildi.

Shuningdek, Andijon viloyatida 4,4 trln so‘m, Samarqand viloyatida 3,8 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 3,5 trln so‘m hamda Buxoro viloyatida 3,2 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 2,8 trln so‘mdan, Jizzax viloyatida 2,5 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 2,4 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,1 trln so‘m hamda Xorazm viloyatida 1,9 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Eng past ko‘rsatkich esa Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ushbu hududda yanvar oyida 1,1 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Pillachilik klasterlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

Published

on


Hukumat qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar pillachilik va ipakchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator soliq imtiyozlari joriy etiladi.

Xususan, ushbu davr mobaynida pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari mol-mulk solig‘idan, shuningdek ular egallagan yer uchastkalari yer solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, ipakchilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 70 foizini tashkil etgan ipakchilik korxonalari uchun foyda solig‘i 2 foiz miqdorida belgilanadi.

Bundan tashqari, ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada belgilanishi nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar ipak qurti urug‘larini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining ushbu faoliyatdan olgan daromadi daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning soliqqa tortish obekti sifatida hisoblanmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tutzorlar uchun 150 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Published

on


Pillachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash va tutzorlarni rivojlantirish maqsadida sug‘orish tizimlarini joriy etish hamda suv inshootlarini qurish ishlari uchun subsidiyalar ajratiladi.

Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish xarajatlari uchun yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan 8 million so‘mgacha subsidiya taqdim etiladi.

Shuningdek, maydoni 2 gektar va undan ziyod bo‘lgan tutzorlar uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish maqsadida nasos stansiyalari hamda suv inshootlarini yangidan qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foiziga subsidiya beriladi. Bunda subsidiya miqdori 150 million so‘mdan oshmasligi belgilangan.

Bundan tashqari, mavjud tutzorlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari tomonidan olib qo‘yish hamda ular joylashgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish qat’iy taqiqlanadi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1 sentabrga qadar pillachilik.uz elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu platforma orqali tutzorlar yer maydonlari, pilla yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar ro‘yxati, tuzilgan shartnomalar, ipak qurti urug‘ining tarqatilishi hamda pilla hosilini qabul qilish jarayonlari raqamli tarzda yuritib boriladi.

Platforma doirasida pilla yetishtirish agrotexnikasi qoidalariga oid o‘quv qo‘llanmalar va mediakontentlarni o‘z ichiga olgan maxsus mobil ilova ham ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Way II investorlariga 2025 yil yakunlari bo‘yicha dividendlar to‘lab berildi

Published

on


10 mart kuni Way II kompaniyasi tomonidan investorlar uchun yillik 15,3% USD dividendlar to‘lovi amalga oshirildi. Bu natija kompaniyaning barqaror rivojlanayotganini hamda investorlar uchun daromadlilik darajasi yuqori ekanini tasdiqlaydi.

Ishonchlilik va barqarorlik

Way II bir necha investitsiya bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, investorlar tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchni yana bir bor namoyon etdi. Har yili kompaniyaga qiziqish ortib bormoqda va bugungi kunga kelib investorlar soni 700 nafardan oshdi.

Bugungi kunga qadar jalb qilingan investitsiyalarning umumiy hajmi 171 083 591 377 so‘mni tashkil etadi.

Dividend daromadliligi ham barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda: avvalgi davr yakunlariga ko‘ra — 13,6%, 2025 yil yakuni bo‘yicha 15,3% ga yetdi.

Tasdiqlangan jadval asosida dividendlarning muntazam to‘lanib borilishi kompaniyaning moliyaviy modeli barqarorligini, investor kapitali ishonchli himoya qilinishi va real daromad ta’minlanishini ko‘rsatadi.

Investorlar uchun raqamli yechimlar

Investitsiyalarni boshqarishni yanada qulaylashtirish maqsadida kompaniya Way Invest mobil ilovasini joriy etgan. Ilova orqali investorlar:


hisoblangan dividendlar miqdori bilan tanishish;
mablag‘larni milliy valyutadagi debet kartasiga chiqarish;
olingan dividendlarni qayta investitsiya qilish orqali kapitalni yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Raqamli infratuzilma investitsiyalarni dunyoning istalgan nuqtasidan nazorat qilish, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va tezkorligini ta’minlaydi.

Kompaniya haqida

Way II yuqori daromadlilikka ega va ishonchli moliyaviy yechimlarni taklif etadi. Buni kompaniya faoliyatining amaliy natijalari tasdiqlab kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik sanoat loyihalaridan biri — Akfa Aluminiumga sarmoya kiritgan investorlar uchun dividendlarni barqaror va o‘z vaqtida to‘lab kelmoqda.

Way II investitsiya paketlari yiliga 10–15% daromadlilikni (AQSh dollari ekvivalenti asosida) nazarda tutadi. Dividendlar yiliga ikki marta to‘lanadi, bu esa investorlar uchun moliyaviy tushumlarning barqaror va oldindan rejalashtirilgan bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kompaniya faoliyati va mahsulotlari Islomiy moliya tamoyillariga mos keladi. Bu holat Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.

Muhim eslatma

Investitsiyalar yuqori darajadagi xavf bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va ayrim holatlarda kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishi ehtimoli mavjud. Investitsiya qarorini qabul qilishda ehtimoliy risklarni hisobga olish zarur. Hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.

Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz

Ijtimoiy tarmoqlar:

Facebook: fb.com/Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter: x.com/way_ll_group





Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.