Connect with us

Jamiyat

«Joylarda chiqindilar olib ketilmayapti» – asossiz qarzdorliklar yuzasidan so‘rov yuborildi

Published

on


Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlariga 2025-yil davomida qattiq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bo‘yicha 1141 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning dastlabki oylarida, ushbu masala yuzasidan 850 dan ortiq murojaat qayd etilib, sezilarli darajada murojaatlar soni ortganligi kuzatildi.

Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Murojaatlarda asosan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmasligi, xizmatlar sifati pastligi, shartnoma shartlariga amal qilinmasligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanishi hamda buning oqibatida fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovlariga cheklovlar qo‘yilgani yuzasidan haqli e’tirozlar bildirilgan.

O‘rganishlar davomida ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqib ketishning belgilangan minimal davriyligiga amal qilinmayotgani hamda fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanayotgani aniqlandi. Murojaatlarning asosiy qismi Namangan, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu munosabat bilan, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan:


chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqib ketishni ta’minlash;
asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish;
asossiz qarzdorlik sabab elektr energiyasi to‘lovlariga kiritilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish;
choralarini ko‘rish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga so‘rov yuborildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari belgilangan muddat va davriylikda amalga oshirilishi shart. Shuningdek, xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan hollarda iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovdan ozod etilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilar belgilangan minimal davriylik asosida olib chiqilishi shart (16-band), xizmat sifatsiz ko‘rsatilganda yoki umuman ko‘rsatilmagan taqdirda iste’molchi to‘lovdan ozod qilinadi (33-band). 

Shuningdek, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida «iste’molchi to‘liq va ishonchli ma’lumot olish hamda sifatli xizmat talab qilish huquqiga ega» ekani, 19-moddasida «xizmatlar shartnoma va qoidalarda belgilangan muddat va sifatda ko‘rsatilishi shart»ligi hamda 21-moddasida «ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olish taqiqlanishi» belgilab qo‘yilgan.

Hukumatning 2025-yil 16-oktyabrdagi 648-son qaroriga muvofiq esa chiqindilarni boshqarish sohasida qarzdorlik hisobini yuritish va tahlil qilish hamda uni bartaraf etish choralarini ko‘rish tegishli agentlik vazifalaridan hisoblanadi.

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar shartnoma majburiyatlarini bajarishi va iste’molchilar huquqlariga rioya qilishi shart.

Qo‘mita, o‘z navbatida, fuqarolarni xizmat sifati bilan bog‘liq holatlarda murojaat qilishga chaqirmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qilgan. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini hayit bilan tabrikladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi yo‘lladi. 

Maxsus qaror asosida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi 35 yilda birinchi marta 1 trillion so‘m mablag‘ ajratilib, muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish kabi ezgu ishlarga sarflanganini ta’kidlash lozim.

Xususan, 450 milliard so‘m 600 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga moddiy ko‘mak tariqasida yo‘naltirildi. Bundan tashqari, ijtimoiy reyestrdagi davolash rejalashtirilgan 6 ming nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, jumladan og‘ir kasallar operatsiya yo‘li bilan davolanmoqda.

Shuningdek, aholiga 100 ming dona Ramazon sovg‘alari tarqatildi.«Ramazon tuhfasi» loyihasi doirasida esa ehtiyojmand oilalar,«Muruvvat» va «Saxovat» uylarida yashovchilar hamda xorijdagi vatandoshlarimiz uchun 30 mingdan ortiq iftorlik tadbirlari o‘tkazildi.

«Jahondagi hozirgi g‘oyat murakkab vaziyatda oila va mahallalarda, butun mamlakatimizda osoyishtalik, fayzu baraka muhitini saqlash, yoshlarimizni yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash o‘ta dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

Biz bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, jonkuyar aka-uka va opa-singillarimiz, hurmatli ziyoli va ulamolarimizga, mahalla faollari hamda tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz.

Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlaridagi musulmon birodarlarimizni qutlab, samimiy salom va tilaklarimizni yo‘llaymiz», deyiladi xabarda.

«Alloh taoloning rahmati yog‘ilib turgan ushbu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni Iyd al-Fitr bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman», deya ta’kidlanadi tabriknomada.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bir guruh mahalla xodimlari mukofotlandi

Published

on


Prezident farmoni bilan bir guruh mahalla tizimi xodimlari mukofotlandi. Ular mahalla xodimlari kuni sabab taqdirlangan. 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Kalandarova Muborak Durdiboyevna – Olot tumanidagi «Buvijonlar maktabi» jamoatchilik kengashi raisi, Buxoro viloyati

Xudaybepganov Madpaxim Xudaybepganovich – Bog‘ot tumanidagi «Kattabog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisining o‘rinbosari, Xorazm viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Bulokova Dilfuza Xotamovna – Oqdaryo tumanidagi «Chorbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

Janisboyeva Aliya Mexmonkulovna – Bo‘ka tumani 9-oilaviy poliklinikasining «Samarqand» mahalla fuqarolar yig‘inidagi patronaj hamshirasi, Toshkent viloyati

Inagamov Jovdatxon Sultanovich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

Lutfillayeva Salima Boymirzayevna – Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasining «Chorsu», «Ozod» va «G‘ishtko‘prik» mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi – gul ekuvchisi, Namangan viloyati

Masharipov Yusupbay Ataxanovich – Ellikqal’a tumanidagi «Sharq yulduzi» ovul fuqarolar yig‘inining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi biyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raxmonov Erkin Xolliyevich – Angor tumanidagi «To‘lqin» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati

Haziratkulov Baxodir Mirzayevich – Guliston tumanidagi «Sharq haqiqati» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati 

Yuldasheva Marxabo O‘mirovna – Forish tumanidagi «Xonbandi» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Allayeva Zulfiya Hazratqulovna – Shahrisabz tumanidagi «Miraki» mahalla fuqarolar yig‘ini maslahat guruhi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Saatova Zulayxa Ochilovna – Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Toshlanova Xodisaxon Otajonovna – Paxtaobod tumanidagi «Ma’rifat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Enazarov Izzatilla Saibovich – «Nuroniy» jamg‘armasining Buvayda tumani bo‘limi raisi, Farg‘ona viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aydarova Juldizay Razakovna – Konimex tumani 6-oilaviy poliklinikasining «To‘qqiztepa» mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Axmedov Sanjar Baxtiyorovich – Romitan tumani ichki ishlar bo‘limining «Qumrabot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, Buxoro viloyati

Mamadjonov Donyorbek Ikromjon o‘g‘li – Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limining «Birlashgan» mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, Namangan viloyati

«Jasorat» medali bilan

Xayitov Sayitnazar Atokulovich – Ishtixon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi usta, Samarqand viloyati

Yuldasheva Moxidil Shadmanbekovna – Andijon shahridagi «Yaxshi» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Yodgorov Ulug‘bek Baxtiyorovich – Dang‘ara tumanidagi «Firdavs Yunusov» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Turabova Lutfiya Normuminovna – Paxtachi tumanidagi 4-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati

Yuldasheva Muyassar Tairovna – Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Oqibat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullayev Yigitali Saydullo o‘g‘li – Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Young Adults» o‘quv markazi direktori, Surxondaryo viloyati

Ahmadov Sirojiddin Sodiq o‘g‘li – Guliston shahridagi «Ibratli» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Sirdaryo viloyati

Muxitdinov Nizomiddin Najmiddin o‘g‘li – Zangiota tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati

Xolmatov Mehrojbek Erkin o‘g‘li – Chilonzor tumanidagi «Tirsakobod» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri 

«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Qilichbek Dadaparpiyevich – Oltiariq tumani «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati

Bayjanova Maqsuda Xudayberganovna – Urganch tumani soliq inspeksiyasining «Cho‘lobod», «Oyoqbog‘» va «Yangi O‘rtabog‘» mahallalariga biriktirilgan davlat soliq katta inspektori, Xorazm viloyati

Ikromov Davronbek Ilxom o‘g‘li – Piskent tumani «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati

Kazaxbayev Polat Torebayevich – Qo‘ng‘irot tumanidagi «Talliq» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kasimova Xasiyat Ulukovna – Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Qodirov Asliddin Baxtiyor o‘g‘li – G‘allaorol tumanidagi «Madaniyat» qishloq fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Jizzax viloyati

Kodirova Mufazzal Arslonovna – Andijon viloyati targ‘ibotchilar guruhi rahbari

Murodov Sobur G‘aniyevich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasining milliy qadriyatlarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘limi bosh mutaxassisi

Soxiyeva Gulshod Jobborovna – Qamashi tumanidagi «G‘ishtli» va «Boybo‘ri» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Qashqadaryo viloyati

Usmonov Zuxriddin Muxiddinovich – Buxoro tumani «Shexoncha» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Buxoro viloyati

Xakimov Davron Nurmuxamadovich – Pop tumanidagi «Vodiy trade center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati 

Xasanova Farida Raxmatullayevna – Sergeli tumanidagi «Farog‘atli» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Toshkent shahri

Xudoyqulova Munira Sunnatilloyevna – Nurota tumanidagi «Munira New Brand» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Egamberdiyev Farruh Usmanaliyevich – Yangiobod tumani soliq inspeksiyasining «Shodlik» va «Do‘stlik» mahallalariga biriktirilgan davlat soliq bosh inspektori, Jizzax viloyati. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi (foto)

Published

on


Samarqand viloyatining Payariq tumanida, qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasidagi 10 ming kishilik yangi masjidda ilk hayit namozi o‘qildi.

Hayit namozida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar va bir necha ming kishilik jamoat ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: besh yil davomida qayta qurilgan masjid-majmua kecha, 19-mart kuni hayit arafasida keng jamoatchilik uchun ochilgan edi.

«Duolar ijobat bo‘ladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boshchiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinchlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini so‘rab duo-yu iltijo qildilar», — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

16:36 Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda

Published

on



16:36

Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bir guruh hatayliklar (Turkiya) Navro‘z kunlarida O‘zbekistonga keladi

Published

on


Shu yilning 20–24 mart kunlari Hatay viloyatidan Turkiya fuqarolari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi.

«Dunyo» AAning eslatishicha, ushbu tashrif O‘zbekiston Prezidentining Navro‘z bayrami munosabati bilan ilgari surilgan va 2026-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida bildirilgan tashabbusiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tashabbus Turkiyadagi mahalliy OAVlarda keng yoritilgan. Jumladan, «Haberler», «Ensondakika», «İlkhaber Gazetesi», «Sondakika» kabi yetakchi elektron nashrlar, shuningdek, «Ülke TV» va «Bengü Türk» telekanallari bo‘lajak tashrifni faol yoritmoqda.

Xususan, Hatay viloyati gubernatori Mustafo Masatli va viloyat aholisining tashakkurnomasi e’lon qilinib, unda O‘zbekiston tomoniga taklif uchun minnatdorlik bildirilgan.

Ma’lum qilinishicha, delegatsiya tarkibidan Turkiya ommaviy axborot vositalari vakillari ham o‘rin olgan bo‘lib, ular tashrifning borishi va O‘zbekistonda Navro‘z bayrami doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida Turkiya jamoatchiligini muntazam ravishda xabardor qilib boradi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.