Connect with us

Jamiyat

Toshkentda xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan sobiq harbiy 3 yilga qamaldi

Published

on


41 yoshli erkak turmush o‘rtog‘ini suv va yegulik bermagan holda bir sutka zax yerto‘lada ushlab turgan. Sud nafaqadagi harbiyni oilaviy zo‘ravonlik hamda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jinoyatlarini sodir qilishda aybli deb topdi. Erkakka qo‘llangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, u sud zalida qamoqqa olindi.  

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi sobiq harbiy turmush o‘rtog‘iga zo‘ravonlik qilgani uchun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1984 yilda tug‘ilgan O.Sh. harbiy sohada faoliyat olib borib, nafaqaga chiqqan. U 2008 yilda S.G. bilan turmush qurgan.

Erkak 2025 yil 26 iyul kuni kechqurun turmush o‘rtog‘i S.G.ni Samarqanddagi qarindoshlarining to‘yiga yubormaslik maqsadida o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uy yerto‘lasiga qamab qo‘ygan. U ayolni bir sutka davomida zax yerto‘lada suv va yeguliksiz, jismoniy azob bergan holda ushlab turgan. Shuningdek, erkak 2025 yil 31 avgust kuni S.G.ni do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazgan. 

Sobiq harbiy sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda turmush o‘rtog‘i uning aytganini qilmasdan to‘yga ketishga uringani uchun shunday yo‘l tutganini ma’lum qilgan.

“5-6 yildan buyon har xil sabablar tufayli tez-tez janjallashib qolamiz. 2025 yil iyul oyi o‘rtalarida akasi to‘y qilayotganini, borishimiz kerakligini aytdi. Unga pul yo‘qligini, to‘yga borish uchun to‘yona va boshqa xarajatlar qilish kerakligini aytib, bormaslikni ma’lum qildim. Biroq 2025 yil 26 iyul kuni mendan so‘roqsiz uydan chiqib ketdi. Uni Samarqand viloyatiga qatnovchi avtomashinalar to‘xtash joyidan ushlab olib keldim. Yana qochib ketishining oldini olish maqsadida ko‘p qavatli uy yerto‘lasiga bir sutkaga qamab qo‘ydim. Haqiqatan ham unga bu vaqt davomida suv va yegulik bermadim. Ertasiga yerto‘ladan o‘zim olib chiqib, xonadonga kiritdim”, degan erkak suddagi ko‘rsatmasida.

S.G. ham sudda 4 nafar farzandi borligini, turmush o‘rtog‘i oiladagi yetishmovchilikda uni ayblab, kaltaklaydigan odat chiqarganini bildirgan.

“2025 yil iyul oyi oxirida akam qizini turmushga berishi munosabati bilan to‘y belgiladi. Turmush o‘rtog‘im to‘yga bormasligini, puli yo‘qligini ma’lum qildi. Pul va to‘yona kerak emasligini, akamning uyida to‘y bo‘layotganini va bormasam bo‘lmasligini aytdim. Shunda u meni do‘pposlab, yerto‘laga qamab qo‘ydi. Yerto‘la qorong‘i bo‘lgani sababli, turli hasharotlar, sudralib yuruvchilar bo‘lishi mumkinligini o‘ylab, qattiq qo‘rqdim. Ertasi kuni yerto‘lani ochib, meni uyga olib chiqdi hamda majburlab, ajrashishga ariza yozdirib oldi. Ammo arizani nima qilganini bilmayman”, degan ayol.

JIB Yashnobod tuman sudining 2025 yil 19 dekabrdagi hukmi bilan O.Sh. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jismoniy azob berib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilishi) hamda 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida o‘tash belgilangan.

Sobiq harbiyga qo‘llangan “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasi “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan va u darhol sud zalida qamoqqa olingan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.