Iqtisodiyot
Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda
Toshkent xalqaro investitsiya forumi — bu nafaqat O‘zbekiston, balki, Markaziy Osiyo davlatlarida kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini namoyon etuvchi nufuzli xalqaro maydon. Mazkur forum global investorlar uchun O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan salmoqli investitsiya imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Energetika, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati va raqamli iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlar investorlar e’tiboriga havola etiladi. Forum joriy yilning 10–12 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning O‘zbekiston uchun ahamiyati
O‘zbekiston bugungi kunda faol iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirmoqda. Bu esa xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakat hukumati chet el investitsiyalarini barqaror iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning muhim omili sifatida ko‘radi.
Way II – forumdagi muhim ishtirokchilardan biri
Forumning asosiy ishtirokchilaridan biri bu – Way II kompaniyasi bo‘lib, u O‘zbekistonda sarmoya kiritish bo‘yicha jozibali imkoniyatlarni faol ilgari surmoqda. Kompaniya forum davomida islomiy moliya prinsiplari asosida ishlab chiqilgan, xavfsiz va halol investitsiya paketlarini taqdim etadi. Ushbu loyihalar orasida Akfa Aluminium kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik tashabbuslar alohida o‘rin tutadi. Bu esa Way II kompaniyasining O‘zbekistonning eng yirik va muvaffaqiyatli kompaniyalari bilan samarali hamkorligini ko‘rsatib beradi.
Shuningdek, Way II kompaniyasi forumda o‘zining mobil investitsiya platformasi – Way Invest ilovasini ham namoyon etadi. Ushbu platforma orqali investorlar o‘z mablag‘larini istalgan joyda va istalgan vaqtda boshqarish hamda nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa investitsiya jarayonini ancha qulay va shaffof qiladi.
Investorlar uchun imkoniyatlar
Way II kompaniyasi forum doirasida islomiy moliya tamoyillariga mos keladigan, axloqiy investitsiya mahsulotlariga alohida urg‘u beradi. Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan loyihalarga kiritilgan sarmoyalar nafaqat barqaror daromad keltiradi, balki investorlarga ularning mablag‘lari halol va shaffof biznes strukturalarida ishlayotganiga ishonch ham bag‘ishlaydi.
Bundan tashqari, forum ishtirokchilari yiliga 10–15% daromad keltirishi kutilgan yirik loyihalarga sarmoya kiritish, shuningdek, yiliga ikki marta dividend olish imkoniyati haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Forumga qo‘shiling va O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalariga qanday qilib oson va xavfsiz tarzda sarmoya kiritish mumkinligini bilib oling!
Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1-uy
Sayt: waygroup.uz
Instagram: @way_ll_group
Facebook: @Way ll Group
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.
Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.
Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.
-
Siyosat2 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy3 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
-
Siyosat5 days agoSirdaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
-
Siyosat5 days ago
Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
-
Siyosat24 hours ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
