Iqtisodiyot
Kapitalbank Mastercard kartalari Yaponiya, Vengriya va Maldiv orollariga sayohatlar yutib olish imkonini beradi
Kartangiz bilan uchta xaridni to‘lab Tokio, Budapesht yoki Maldiv orollari sohillariga ikki kishilik unutilmas sayohat yutib olishni istaysizmi? Endi Kapitalbank Mastercard Black Edition va Kapitalbank Mastercard World Elite multivalyuta kartalari egalarida ana shunday ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi.
Aksiyada qatnashish uchun 2025 yil 19 dekabrdan 2026 yil 15 yanvargacha kartangiz orqali kamida uchta xaridni to‘lashning o‘zi kifoya. Har bir to‘lov kamida 100 000 so‘m yoki 10 AQSh dollari bo‘lishi kerak. Agar ushbu shartlar bajarilsa, har bir qo‘shimcha xarid bilan g‘alaba qozonish imkoniyati avtomatik ravishda ortadi.
Sovrinlar — ikki kishilik uchta sayohat: Yaponiyaga (2026 yil mart), Maldiv orollariga (2026 yil mart) va Vengriyaga (2026 yil may). Bo‘lajak tadbirlar taqvimi ushbu sayohatlar yanada esda qolarli bo‘lishiga va’da bermoqda. Budapeshtda esa Yevropa futbol klublari o‘rtasidagi eng nufuzli turnir — Yevropa Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tadi.
Yutuqli o‘yin natijalari bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. U yerda aksiya ofertasi ham taqdim etilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1340 aloqa markaziga yoki «Kapitalbank»ning istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.
Ommaviy Oferta Mastercard Kapitalbank
Iqtisodiyot
Dollar kursining pasayishi davom etadi
Dollar kursining pasayishi davom etadi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarga martda go‘sht va sut hamda energetika mahsulotlari qimmatlashgani eng ko‘p sezildi
Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlarda Toshkent shahrida yashovchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 13,3 foizga oshganini aytgan bo‘lsa, qashqadaryoliklar 11,6 foizlik inflatsiyani sezganliklarini bildirgan. Namanganda sezilgan inflatsiya ko‘rsatkichi esa eng past – 10 foiz. Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.
2026 yil mart oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi fevral oyiga nisbatan 0,5 foiz bandga pasayib, 11,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
So‘rovnomada 3239 nafar respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Toshkent shahrida eng yuqori – 13,3 foizni, Qashqadaryo viloyatida 11,6 foizni, Sirdaryo viloyatida 11,5 foizni tashkil etgan.
Namanganliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezgan – 10 foiz. Xorazm viloyatida yashovchilar 10,5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi 10,6 foizlik inflatsiyani his etgan.
Mart oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, elektr va tabiiy gaz, meva va sabzavotlar,dorilar, shuningdek, yo‘lkira va tashish xizmatlari.
Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.
Iqtisodiyot
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
Yangi qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilinadi.
O‘RQ–1129-sonli qonun bilan Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga muvofiq, 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar belgilangan muddatgacha soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.
Shuningdek, farzandlari xususiy maktab yoki bog‘chaga boradigan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangan ota-onalar tomonidan har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar tegishli tartibda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar ikki oyda ta’lim olish uchun 6,8 trln so‘m sarfladi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 6,8 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,8 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, ta’lim xizmatlari hajmida hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 3,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Samarqand (445,7 mlrd so‘m) va Farg‘ona viloyati (413 mlrd so‘m) qayd etilgan. Andijon viloyati, Namangan viloyati ham yuqori ko‘rsatkichlar qatorida.
Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, 67,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga 2 oyda 6,6 ming tonna shokolad import qilindi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 34 ta davlatdan qariyb 6,6 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, importning umumiy qiymati 27,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan.bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan.
2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad yetkazib bergan davlat Rossiya bo‘lib, 4 407 tonna mahsulot import qilingan.
Shuningdek, Ukraina 607 tonna, Turkmaniston 209,1 tonna, Qozog‘iston 201,8 tonna va Turkiya 190,7 tonna hajmda shokolad yetkazib bergan.
Polsha ham 124,4 tonna bilan yetakchi eksportchilar qatoriga kirgan. Qolgan 825,9 tonna mahsulot boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
-
Siyosat3 days ago
«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi
-
Iqtisodiyot5 days ago21 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi
-
Dunyodan3 days ago
Eron nega Hurmuzni yana qamal qildi?
-
Jamiyat5 days ago
Reklama qonunchiligini buzgan qurilish kompaniyalari jarimaga tortildi
-
Siyosat3 days agoO‘zbekistonda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishni kuchaytirmoqda
-
Jamiyat3 days ago«World Content Market»da ilk bor O‘zbekiston milliy paviloni tashkil etildi
-
Jamiyat3 days ago16:13 “Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, – 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
-
Jamiyat2 days ago
Afg‘onistonda farzandlari halok bo‘lgan ota-onalarga imtiyoz beriladi
