Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari III chorakda 18,5 foizga o‘sdi

Published

on


2025 yilning iyul-sentabr oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 5,7 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 foiz o‘sish kuzatildi. «Joriy dinamikaning shakllanishi asosan mehnat muhojirlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta kurslarining nisbatan barqarorligi, ish haqining oshishi va iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari bilan bog‘liq», deyiladi Markaziy bank sharhida.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

2025 yilning III choragida mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga 5,7 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 foiz o‘sish qayd etildi. Bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mehnat bozori sharhida keltiriladi.

«Joriy dinamikaning shakllanishi asosan mehnat muhojirlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta kurslarining nisbatan barqarorligi, ish haqining oshishi va iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari bilan bog‘liq», deyiladi relizda.

III chorakda Boltiq davlatlari va boshqa mintaqalardan (AQSh, Rossiya, Yevropa va Osiyo mintaqalarini hisobga olmaganda) o‘tkazmalar hajmi o‘sish sur’ati qolgan mintaqalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Xususan, mazkur mintaqalardan pul o‘tkazmalari 40 foizga o‘sgan. Shu bilan birga, Yevropa, Rossiya va Osiyo mintaqalaridan esa o‘tkazmalar o‘sish sur’atining sekinlashish tendensiyasi davom etgan.

Sharhda keltirilishicha, tashqi bozorda, xususan Rossiya, Yevropa va Boltiq davlatlarida kuzatilayotgan so‘nggi tendensiyalar hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishi pul o‘tkazmalaridagi joriy dinamikaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu, o‘z navbatida, mehnat muhojirlari oqimi yo‘nalishlari bosqichma-bosqich kengayayotganligidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda migratsiya yo‘nalishlari kengayishi asosan Osiyo, Yevropa va AQSh mamlakatlarida kuzatilyapti. Xususan, 2025 yil 1 oktyabr holatiga Koreyadagi o‘zbekistonlik rezidentlar soni yil boshiga nisbatan 0,4 foizga o‘sib, 95,3 ming nafarni tashkil etgan.

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar kursining pasayishi davom etadi

Published

on



Dollar kursining pasayishi davom etadi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarga martda go‘sht va sut hamda energetika mahsulotlari qimmatlashgani eng ko‘p sezildi

Published

on


Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlarda Toshkent shahrida yashovchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 13,3 foizga oshganini aytgan bo‘lsa, qashqadaryoliklar 11,6 foizlik inflatsiyani sezganliklarini bildirgan. Namanganda sezilgan inflatsiya ko‘rsatkichi esa eng past – 10 foiz. Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti. 

2026 yil mart oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi fevral oyiga nisbatan 0,5 foiz bandga pasayib, 11,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

So‘rovnomada 3239 nafar respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Toshkent shahrida eng yuqori – 13,3 foizni, Qashqadaryo viloyatida 11,6 foizni, Sirdaryo viloyatida 11,5 foizni tashkil etgan.

Namanganliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezgan – 10 foiz. Xorazm viloyatida yashovchilar 10,5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi 10,6 foizlik inflatsiyani his etgan.

Mart oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, elektr va tabiiy gaz, meva va sabzavotlar,dorilar, shuningdek, yo‘lkira va tashish xizmatlari.

Daromadlari 2 mlndan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 9,9 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 16,4 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi

Published

on


Yangi qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilinadi.

O‘RQ–1129-sonli qonun bilan Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga muvofiq, 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar belgilangan muddatgacha soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi.

Shuningdek, farzandlari xususiy maktab yoki bog‘chaga boradigan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangan ota-onalar tomonidan har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar tegishli tartibda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar ikki oyda ta’lim olish uchun 6,8 trln so‘m sarfladi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 6,8 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,8 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, ta’lim xizmatlari hajmida hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 3,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand (445,7 mlrd so‘m) va Farg‘ona viloyati (413 mlrd so‘m) qayd etilgan. Andijon viloyati, Namangan viloyati ham yuqori ko‘rsatkichlar qatorida.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, 67,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga 2 oyda 6,6 ming tonna shokolad import qilindi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 34 ta davlatdan qariyb 6,6 ming tonna shokolad mahsulotlari import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, importning umumiy qiymati 27,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan.bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming tonnaga kamaygan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p shokolad yetkazib bergan davlat Rossiya bo‘lib, 4 407 tonna mahsulot import qilingan.

Shuningdek, Ukraina 607 tonna, Turkmaniston 209,1 tonna, Qozog‘iston 201,8 tonna va Turkiya 190,7 tonna hajmda shokolad yetkazib bergan.

Polsha ham 124,4 tonna bilan yetakchi eksportchilar qatoriga kirgan. Qolgan 825,9 tonna mahsulot boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.