Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziya: tendensiyalar va asosiy yo‘nalishlar

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyaning tendensiyalari va asosiy yo‘nalishlari tahlil qilindi.

Moliyaviy inklyuziya – bu aholining barcha qatlamlarini sifatli va hammabop moliyaviy xizmatlar bilan ta’minlash.

2024-yil holatiga ko‘ra, dunyo aholisining 79 foizi o‘zining bank hisob raqamiga ega. Jumladan, 2021-2024 yillar oralig‘ida moliyaviy hisobga ega aholi soni 5 foiz bandga, o‘rta va past daromadli mamlakatlarda esa 6 foiz bandga oshgan. Global Findex (2025) hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda o‘rta va past daromadli mamlakatlarda aholining 40 foizi (o‘sish 2021-yildagiga nisbatan 16 foiz) o‘z mablag‘larini bank va moliyaviy tashkilotlarda saqlagan.

Tahlilda Jahon banki tomonidan 2018-yil sentyabrdan 2025-yil iyun oyigacha o‘tkazilgan va «O‘zbekiston fuqarolari fikrini o‘rganish so‘rovnomasi» (Listening to the Citizens of Uzbekistan – L2CU) deb nomlangan so‘rov natijalaridan foydalanildi. So‘rov har oyda taxminan 1503 ta uy xo‘jaligidan olingan (jami 121 618 ta kuzatuv) ijtimoiy va iqtisodiy ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

MHTI mutaxassislarining tahlili chog‘ida quyidagilar aniqlandi:

2018-yilda respondentlarning 97,7 foizi o‘z mablag‘larini naqd pul ko‘rinishida uyda saqlashni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 92,7 foizgacha qisqargan. 2018-2025 yillar mobaynida bank hisobvaraqlaridan foydalanish darajasi 4,2 foiz bandga va muddatli depozitlar shaklida saqlash 3 foiz bandga, o‘z navbatida respondentlar ulushi mos ravishda 6 barobar va 3 barobarga oshgan. Bu esa aholining moliyaviy savodxonligi ortib borayotgani va bank tizimiga ishonchi mustahkamlanayotganini anglatadi.

2021-yilda uy xo‘jaliklarining 41 foizida bank kartasi bo‘lmagan. 2025-yilga kelib, plastik kartalar ijtimoiy nafaqalar,davlat to‘lovlari, ish haqi, pul o‘tkazmalari uchun asosiy kanalga aylanib, bu ko‘rsatkich 15 foizgacha qisqardi. Jumladan, 2021-yilning II choragida so‘rovda qatnashgan uy xo‘jaliklarining 57 foizi bank kartasiga ega ekanligini bildirgan bo‘lsa, 2025-yilning II choragiga kelib, ularning ulushi 85 foiz atrofida shakllandi. Ushbu davrda (2021–2025) savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida terminal infratuzilmasining yaxshilanishi, Uzcard va Humo tizimlarining kengayishi, shuningdek, ish haqi va pensiya to‘lovlarining bosqichma-bosqich bank kartalariga o‘tkazilishi moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib, bank kartalarining ommalashuvi va moliyaviy inklyuziya darajasining sezilarli oshishiga olib keldi.

2021-yildan 2025-yilga qadar bo‘lgan davrda respondentlarning kamida 92 foizi so‘nggi 30 kunda bank kartasiga mablag‘ tushganini va kamida 91 foizi bank kartasi orqali xarid qilganini ta’kidlagan. Qolaversa, 2021-yil may oyida respondentlarning qariyb 81 foizi so‘nggi 30 kun ichida bank kartasi orqali bankomatdan naqd pul olganini bildirgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarmida bu ulush 95 foizga yetgan, ya’ni bankomatlardan foydalanish darajasi sezilarli darajada oshgan.

Joriy yilning 12-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonda 2030-yilgacha savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan to‘lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish maqsadli ko‘rsatkich sifatida belgilangan.

Tahlil natijasi, respondentlar orasida moliyaviy tranzaksiyalarning elektron shaklda bo‘lishini qo‘llab-quvvatlovchilar 2021-yildagi 78 foizdan 2025-yilning birinchi yarmida 89 foizga yetganini ko‘rsatmoqda. Bu aholi orasida elektron tranzaksiyalar ko‘proq ommalashayotganini anglatadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.