Siyosat
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarishni 147 trillion o‘zbeligacha yetkazish vazifasini qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni to‘qimachilik sohasida 2025-yilda erishilgan yutuqlar va kelgusi yilda asosiy ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotni ko‘rib chiqdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, 2025-yilda to‘qimachilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 134 trillion so‘mga yetgan. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,1 milliard dollarga yetdi. Eksport hajmi yil sayin ortib, 2,5 milliard dollarga yetdi. Sohada bandlik darajasi 623 ming kishiga ko‘tariladi, kelgusi yilda esa bu ko‘rsatkich 650 ming kishiga yetishi mumkin.
2026-yilda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga, eksport hajmini esa 3,3 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Sohaga 2,2 milliard dollar xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgan. Buning natijasida 207 ming tonna sintetik va aralash kalava iplar, 397 million kvadrat metr gazlama, 224 million dona tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, 108 million kvadrat metr to‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash korxonalari qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.
Shu bilan birga, sanoatning barqaror rivojlanishini to’xtatuvchi ko’plab omillar ham ta’kidlandi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun 2026 yilga mo’ljallangan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 200 million dollarlik imtiyozli kreditlar ajratiladi, 138 ta korxona moliyaviy tarkibiy o‘zgartirishdan o‘tkaziladi, 100 ta korxona eksport faoliyati bilan yangidan shug‘ullanadi.
Xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Better Work, BCI, FWF va Organic EU kabi dasturlar 60 ta kompaniyada amalga oshiriladi va 15 kompaniya Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini qabul qiladi. Bundan tashqari, yakuniy mahsulot sifatini 24 parametr bo‘yicha tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan eng zamonaviy to‘qimachilik laboratoriyasi tashkil etiladi.
ERP tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish ushbu sohani raqamlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi kutilmoqda. Ushbu jarayon 40 ta kompaniyaga mo’ljallangan.
Davlat rahbari taklif etilayotgan yondashuvni ma’qullab, tayyor mahsulot ulushini muttasil oshirish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha mas’ul mutasaddilar oldiga aniq vazifalarni qo‘ydi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot11 hours ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat7 hours ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat6 hours ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
