Connect with us

Iqtisodiyot

Rossiyaning Urals nefti narxi 34 dollargacha tushib ketdi

Published

on


AQSh sanksiyalari fonida Rossiyaning Urals markali nefti bir barreli 34 dollargacha quladi, deb xabar beradi Bloomberg. RFdan neft jo‘natishda sotuvchilar bir barrel uchun taxminan 27 dollar miqdorida chegirma taklif qilishga majbur bo‘lmoqda.

Rossiyaning asosiy eksport nefti — Urals markasining narxi bir barreli uchun taxminan 34 dollargacha pasaydi. Bu AQSh tomonidan mazkur sohadagi eng yirik kompaniyalar — “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi joriy etilgan sanksiyalar fonida ro‘y berdi. Argus Media kompaniyasi ma’lumotlariga tayanilgan ushbu ma’lumotlarni Bloomberg agentligi dushanba kuni, 22 dekabrda e’lon qildi.

19 dekabr kuni Boltiq dengizi portlaridan yetkazib berish sharti bilan Urals nefti bir barrelini 34,82 dollarga, Qora dengiz portlaridan yetkazib berishda esa 33,17 dollarga sotib olish mumkin bo‘lgan. Taqqoslash uchun: shu kuni etalon Brent markasining narxi 61 dollarni tashkil etgan. Bloomberg qayd etishicha, bir yil ichida Brent narxi Urals’ga qaraganda ancha kamroq pasaygan — bu esa sanksiyalar ta’sirini ko‘rsatadi.

Argus ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Rossiyadan jo‘natilganda Urals’ga berilayotgan chegirmalar o‘rtacha 27 dollar atrofida. Neft Hindistonga yetib borgandan keyin chegirma taxminan 7,5 dollargacha kamayadi. Shu bilan birga, Bloomberg yozishicha, Rossiya yonilg‘isining ancha past narxi neftni qayta ishlash zavodlarini sanksiyalarga e’tibor bermasdan uni sotib olishga undamoqda.

Bloomberg 16 dekabr kuni ham Argus Media ma’lumotlariga tayangan holda, Rossiya eksportchilari hozir Boltiq, Qora va Yapon dengizlari portlaridan yuklashlar uchun bir barrelga 40 dollardan sal ko‘proq pul olayotganini yozgan edi. O‘shanda ham agentlik “Rossiya nefti narxlari Ukrainadagi urush boshlanganidan beri eng past darajada” ekanini ta’kidlagan.

Rossiyaning neft qazib oluvchi “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalari, shuningdek ularning 34 ta shu’ba tuzilmasi joriy yil oktyabr oyida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini davom ettirayotgani fonida Vashington va London sanksiyalariga tushdi. AQSh o‘shanda urushni tugatish bo‘yicha tinchlik jarayonida “Rossiya tomonidan jiddiy qiziqish yo‘qligi”ni bildirgan.

18 dekabr kuni esa Buyuk Britaniya hukumati 24 ta jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi, ular orasida Rossiyaning “Tatneft”, “Russneft”, “Rusneftegaz” va “NNK-Oyl” neft kompaniyalari ham bor. Shu kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “soya floti”ga tegishli 41 ta tankerni qora ro‘yxatga kiritdi. Shu bilan sanksiyalar ostidagi kemalarning umumiy soni 600 ga yaqinlashdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.