Connect with us

Jamiyat

Andijonda aholiga ajratilgan imtiyozli ko‘mirni sotgan mas’ullar ushlandi

Published

on


Andijon viloyatida kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berish uchun ajratilgan yuzlab tonna ko‘mir noqonuniy tarzda sotilgani aniqlandi. “Ko‘mir ta’minot” MChJning Paxtaobod va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi omborlari mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyatidagi bo‘limlari tomonidan DXX va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berish uchun ajratilgan ko‘mir yuzasidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ko‘mir ta’minot” MChJning Paxtaobod ko‘mir ombori ekspeditor-kassiri Sh.T. (muqaddam sudlangan) ombordan aholi va ijtimoiy soha uchun ajratilgan ko‘mirni noqonuniy ravishda olib chiqqani aniqlangan.

Uning tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkorga 35,1 tonna ko‘mirni 35,1 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 2 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani qayd etildi.

Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida omborda o‘tkazilgan xatlov natijasida 196,1 tonna ko‘mir kamomadi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda “Ko‘mir ta’minot” MChJning Qo‘rg‘ontepa ko‘mir ombori mas’ul shaxslari ham qonuniy tartibda aholiga sotilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni noqonuniy ravishda realizatsiya qilayotgan vaqtda ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berish uchun ajratilgan 153,6 tonna ko‘mirni ko‘mir savdosi bilan shug‘ullanib kelgan 7 nafar fuqaro va tadbirkorga har bir kilogrammini 1 200 so‘mdan hisoblab sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Omborda o‘tkazilgan xatlov natijasida bu yerda ham 183,9 tonna ko‘mir kamomadi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

«Dom»lar atrofidagi yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi

Published

on


Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga ko‘ra, shu turdagi uylar va unga tutash yer uchastkalarida quyidagilar taqiqlanadi:


tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish;
ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini metall parchalari, qurilish va maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirish;
daraxtlarga arqon va simlarni bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish;
gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish;
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish;
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish (beton yoki boshqalar bilan qoplash);
yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan maydonlarga har qanday materiallarni to‘plash;
yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga yashil o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalarni sepish yoki ushbu moddalar bilan sug‘orish.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qishloq xo‘jaligi yerlari yangicha tartibda ijaraga beriladi

Published

on


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi yangilandi. Bu Prezidentning PF–68-sonli farmoni bilan belgilandi va 2026-yil 1-maydan kuchga kirdi.

Hujjatga ko‘ra, yerlar endi avval belgilangan yagona tartib asosida, asosan auksion savdolari orqali taqsimlanadi. Bu yerdan foydalanishda shaffoflik va raqobatni oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari taklifi asosida 50 gektardan 500 gektargacha yerlar sanoat usulidagi plantatsiyalar va chorvachilik uchun ajratilishi mumkin. Bu holda yerlar faqat belgilangan maqsadda foydalanish sharti bilan auksionga chiqariladi.

Yer uchastkalarini ijaraga berish jarayonida bozor mexanizmlarini keng joriy etish, resurslardan samarali foydalanish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Yangi tartibga ko‘ra, auksionga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi ularning normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Agar lot birinchi savdoda sotilmasa, har bir takroriy auksionda uning narxi bosqichma-bosqich 10 foizga pasaytirib boriladi. Birinchi auksion yer haqidagi e’lon berilganidan so‘ng 15 kun ichida o‘tkaziladi. Takroriy savdolar esa qisqa muddatda — 1 kun ichida tashkil etiladi.

Yaylovlar, pichanzorlar va lalmi yerlar uchun alohida tartib joriy etildi. Ularning boshlang‘ich narxi yer normativ qiymatining 1 foizi darajasida belgilanadi.

Shu bilan birga, auksionga tayyorlash, yer tuzish loyihalari va ijara huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar ham ushbu narxga qo‘shiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jurnalistika uchun dolzarb bo‘lgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Published

on


2026 yil 28 aprel kuni taniqli jurnalist va olim Beruniy Alimovning  «Jurnalistikada sun’iy intellekt davri» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va  «Yoshlar ovozi» gazetasi hamkorligida tashkil etildi.

Taqdimot davomida mazkur qo‘llanmaning dolzarbligi, unda ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi media makoniga ta’siri keng muhokama qilindi. Qayd etilganidek, raqamli transformatsiya sharoitida jurnalistika tubdan o‘zgarib, axborot uzatish tezligi, auditoriya talablari va kontent yaratish uslublari yangicha bosqichga ko‘tarilmoqda. Kitobda aynan shu jarayonlar chuqur tahlil qilinib, zamonaviy jurnalistika oldida turgan yangi vazifalar yoritilgan. Muallif sun’iy intellekt imkoniyatlarini keng ochib berar ekan, uning jurnalist faoliyatidagi o‘rni, kontent yaratishdagi roli va media sohadagi transformatsiyalarni ilmiy asosda izohlaydi.

Tadbirda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, taniqli olim va jurnalistlar — Xurshid Do‘stmuhammad, Fayzulla Mo‘minov, Salim Doniyorov, Amrullo Karimov,  «Yoshlar ovozi» gazetasi bosh muharriri Hamza Abdullayev kitobning ilmiy va amaliy ahamiyatiga yuqori baho berib, uni nafaqat nazariy manba, balki kundalik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan muhim qo‘llanma sifatida e’tirof etishdi. Ta’kidlanganidek, kitob jurnalistlar, blogerlar, PR mutaxassislari hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun dolzarb bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Shundan so‘ng  «Jurnalistikada sun’iy intellekt davri» kitobi muallifi, filologiya fanlari doktori, jurnalist Beruniy Alimov so‘zga chiqib, kitobning yuzaga kelishi va nashrga tayyorlash jarayonlari haqida so‘zlab berdi.

Muhim jihatlardan biri shundaki, asarda sun’iy intellektning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, uning ehtimoliy xavf-xatarlari ham e’tibordan chetda qolmagan. Xususan, muallif mualliflik huquqi, faktcheking, axborot xavfsizligi, etik me’yorlar hamda jurnalist kasbining kelajagi bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘taradi. Bu esa kitobni nafaqat nazariy, balki tahliliy va amaliy ahamiyatga ega manbaga aylantiradi.

Tadbirda, shuningdek, sun’iy intellektning matbuot, televideniye, radio va internet jurnalistikadagi o‘rni, uning global tendensiyalar fonidagi rivoji hamda milliy jurnalistika uchun yaratayotgan yangi imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari jurnalistika mazmunini o‘zgartirayotgan bo‘lsa-da, ijodkorlik va inson omili har doim ustuvor bo‘lib qolishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, kitob yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Bu esa mavzu atrofida ochiq va mazmunli muloqot shakllanganini ko‘rsatdi.

Mazkur nashrni ommaviy axborot vositalari tahririyatlari hamda jurnalist kadrlarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa kitobning keng jamoatchilik orasida ommalashishi va uning amaliy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Sud jarayonlarini OAVda yoritishni takomillashtirish bo‘yicha dastur boshlandi

Published

on


Sud tizimida ochiqlik va ishonch: media-kommunikatsiya yangi bosqichga chiqmoqda.

Odil sudlov akademiyasida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda sud organlari axborot xizmatlari xodimlari va sudyalar uchun «Media-kommunikatsiya va inqirozli vaziyatlarda ishlash» mavzusida maxsus ikki kunlik o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.

Mazkur o‘quv-amaliy dastur sud tizimida ochiqlikni ta’minlash, OAV va blogerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sud jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri yoritish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Dastur doirasida sud faoliyatini yoritishda muvozanat — ochiqlik, aybsizlik prezumpsiyasi va media mas’uliyati, tanqidiy materiallar tahlili, rasmiy axborot kanallarini samarali yuritish, shuningdek, inqirozli vaziyatlarda tezkor va asosli kommunikatsiya olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, zamonaviy media matn yaratish, sud qarorlarini sodda va tushunarli tilda yetkazish, jonli efir va intervyularda samarali nutq yuritish, reputatsion risklarni boshqarish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kabi dolzarb yo‘nalishlar ham qamrab olingan.

Mazkur o‘quv kursi sud tizimi va jamoatchilik o‘rtasida ochiq, ishonchli va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim amaliy platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: o‘quv kursi ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva: «Sizlar tabiatning haqiqiy himoyachilarisiz»

Published

on


Xivada Eco-schools Uzbekistan loyihasining asosiy ramzi bo‘lgan Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.

Loyihaning milliy operatori — «Zamin» fondi tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, 30 ta maktab dasturning eng yaxshi ishtirokchisi deb topildi va ekologik ta’lim sohasida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. 

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni munosib mukofot bilan samimiy tabriklab, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikni tiladi va shunday dedi:

«Barcha sinov va qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilish faqatgina matonatli hamda o‘z ona yurtiga chin muhabbati bor insonlarning qo‘lidan keladi. Men faxr bilan aytamanki, bu xislatlar har biringizda mujassam! Sizlar tabiatning chinakam himoyachilarisiz va sa’y-harakatlaringiz bizni BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sari yaqinlashtirmoqda». 

Bayramda xalqaro toifadagi oshpaz va diyetolog-nutritsiolog ekomaktab o‘quvchilari uchun muvozanatli ovqatlanish asoslari va sog‘lom taomlanish odatlarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdi. Mavzu davomida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan maktab o‘quvchilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda oshxona va bufet xodimlari uchun to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi.

Ushbu qo‘llanmalar barcha umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan respublika treninglariga asos bo‘ladi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.