Connect with us

Jamiyat

Shifokorlar va bemorlar Toshkent onkologiya kasalxonasi tugatilayotganidan norozi

Published

on


3 yil avval poytaxtdagi onkologiya shifoxonalari binosining sotuvga qo‘yilishi masalasi juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Binolar sotuvdan olingan va bu hammamizning yodimizdan chiqqandi. Guyo bu tashabbus yanchilib, tuproqqa ko‘milgan kabi. Ammo afsuski bunday bo‘lib chiqmadi, masala yana o‘z holiga qaytdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning buyrug‘i bilan Toshkent shahar onkologiya kasalxonasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markaziga qo‘shilyapti. Shahar kasalxonasi xodimlari va u yerda davolanayotgan bemorlar bundan norozi bo‘lib videomurojaat bilan chiqishdi.

“Hurmatli prezident, bizni himoya qilishingizni so‘raymiz. Bizda saratonga chalingan bemorlar kasallik aniqlangan kundan boshlab kuzatuvda bo‘lishadi, yillab davolanishadi. Ro‘yxatda turgan kasallar kerakli tekshiruvlarni tekinga o‘tishadi: EKG, UZI va boshqa tekshiruvlarni va shifokor konsultatsiyalarini. Yangi shifoxonada bu xizmatlar pulli ko‘rsatiladi.

Hozir bizda 500 nafar bemor davolanyapti, yiliga 10 mingdan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatamiz. U yerga ko‘chirilsa, markazdagi 60 foiz xodimlar ishsiz qoladi”, deydi shifoxona bosh hamshirasi Gulnora Sodiqova videomurojaatda.

Ma’lumot o‘rnida: Toshkent shahar onkologiya shifoxonasi qariyb 8 gektar yashil hududda joylashgan bo‘lib, ayni paytda poytaxtga toza havo ulashayotgan o‘pkalardan biri sanaladi. Murojaatda shifoxona hududini olishdan maqsad – rejalashtirilgan biznes bo‘lishi ehtimolini aytishgan.

“Bu navbatdagi biznes-reja kimlar uchundir. Men 20 yildan beri reanimatsiyada ishlayman. Bemorlarning yaqinlari bu yerga kuniga 2-3 martalab qatnaydi. Shifoxona ko‘chirilishi ularga ham qiyinchilik tug‘diradi”.

Ular dispanser hududidagi yashillik bemorlar uchun zarurligini ta’kidlashgan.

“Men 30 yildan beri ishlayman bu yerda. Yangi kasalxona 7 qavatli bino, yozda 70 daraja issiqda yotadi bemorlar, bizni shifoxona hududi daraxtzor, bemorlar sayrga chiqadi, qayt qilayotgan, ko‘ngli ayniyotgan kasal palatada qanday o‘tiradi? U yerda hali bitta daraxt yo‘q atrofda”.

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq saraton xastaligi bilan kurashayotgan bemor bor. Onkologiya xizmatlariga talab yuqori bo‘lgan, joylar yetishmayotgan bir paytda kasalxona yopilishi bemorlarni ham norozi qilmoqda. Bemorlardan biri yangi shifoxonada joylar pulli ekanini aytgan.

“Ko‘krak saratoniga chalinib operatsiya bo‘ldim. 10 yildan beri shu kasalxonada ro‘yxatda turaman, hozir remissiya davridaman. Menga bu yer juda qulay, xodimlar tajribali, muolajalar, joy tekin. Eshitishimcha, yangi shifoxonada faqat palataning o‘zi kuniga 1 mln 400 ming ekan. Hammada ham bunga imkon yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligidan iltimos qilamiz, hammaning ham Turkiyaga borib davolanishga qurbi yetmaydi. Yoki sutkasiga 1 mln 400 to‘lashga.”

“Menda saratonning agressiv formasi, tez-tez davolanishim kerak. Pul to‘lashga qurbim yetmaydi. Bu shifoxona qulay joylashgan, xodimlar tajribali, kayfiyatga ta’sir qiladi. Agar xalqning foydasi uchun qilinayotgan bo‘lsa, shu yerning o‘zini yaxshilashsin, ta’mirlashsin, kengaytirishsin. Qaysidir standartlarga mos kelmayotgan bo‘lsa, moslashtirishsin. Bemorlarga hayot berayotgan joyni tortib olishyapti. Shifoxonani qoldirishsin”, degan yana bir bemor.

Xo‘sh, kasalxona bo‘shatilsa, bu joyning taqdiri nima bo‘ladi? Agar kasalxona hududining katta, transport uchun qulay va shaharning qimmat nuqtalaridan biri ekanini inobatga olsak, bu savol yanada o‘rinli bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining Kun.uzʼga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu hali noma’lum. “Bino keyingi yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi va uning kelgusi taqdiri keyin hal qilinadi”, deyiladi ma’lumotda.

2022 yil Toshkentdagi 3 ta katta onkologiya binolari Respublika Onkologiya markazi — 281,7 mlrd so‘m, Toshkent shahar filiali — 160,5 mlrd so‘m, Toshkent vil. filiali — 92,1 mlrd so‘mga baholangan va auksion orqali sotuvga qo‘yilgan edi. Jamoatchilikning qattiq qarshiligi sabab bu sotuv to‘xtatilgandi. Hozirgi holat o‘sha voqealarning imi-jimida amalga oshirilishini bildiradi. Bundan keyingi manzil onkologiya dispanserining viloyat filiali bo‘lishi ehtimoli bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu masalada hali o‘z fikrini bildirmadi. Kasalxonadagi holat bilan tanish bo‘lganlarning ta’kidlashicha, shahar onkologiyasiga murojaat qilayotganlarning ko‘pchiligi og‘ir bosqichda, tez va uzoq davolanishni talab qiladigan bemorlar. Onkologiya kasallari soni ko‘payib turgan paytda statsionar muassasaning qisqarishi tahlikali. 2022 yildagi auksion voqeasi hali yodimizda, shuning uchun binoning taqdiri hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 73 nomdagi mahsulot sifat va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chakana savdo nuqtalarida sotilayotgan xalq iste’moli tovarlarining sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshirish uchun muntazam ravishda nazorat xaridlarini o‘tkazib kelmoqda. Xarid qilingan mahsulotlar akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda tekshirilib, ularning davlat standartlari hamda normativ-texnik hujjatlar talablariga mosligi baholanadi.

Xususan, 2026 yilning sakkiz oyida 60 turdagi jami 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazilgan. Natijada ulardan 73 nomdagisi belgilangan normativ-texnik talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu mahsulotlarni savdo rastalaridan qaytarib olish va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli materiallar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga yuborilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin

Published

on


Qonunchilik palatasi deputatlari bugungi majlisida moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yengillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.

Hujjatga ko‘ra, tadbirkorlar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini ixtiyoriy to‘lasa, qolgan qismini to‘lashdan ozod etilishi mumkin.

Shuningdek, jarimani 6 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilmoqda.

Agar jarima to‘g‘risidagi qaror bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, noqonuniy undirilgan mablag‘ qaytariladi. Qaytarish kechiktirilgan taqdirda, Markaziy bank asosiy stavkasining uch yuzdan biri miqdorida foiz to‘lash tartibi joriy etiladi.

Hozircha bu qoidalar qonun loyihasida nazarda tutilgan, kuchga kirmagan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Published

on


O‘zbekistonda moda va dizayn sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yangi davlat oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi.

Prezidentning 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qaroriga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi. Akademiya Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

Yangi oliygoh Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi negizida tashkil etiladi.

Mazkur dasturda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi akademiyada davom ettiradi. Bitiruvchilarga Toshkent xalqaro moda akademiyasining diplomi beriladi.

O‘quv jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. Akademiyada xalqaro qo‘shma dasturlar bilan bir qatorda, mustaqil ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlashga ham ruxsat etiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida korxonalar buyurtmasi asosida dual ta’lim joriy qilinadi. Bunda talabalar nazariy bilim olish bilan birga ishlab chiqarish jarayonlarida ham ishtirok etadi.

Shuningdek, yengil sanoat yo‘nalishidagi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘rtacha bahosi akademiya belgilagan talabga javob beradigan bitiruvchilarga bakalavriatning uchinchi bosqichidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Akademiya bazasida davlat buyurtmasi asosida turli tashkilotlar uchun kiyim-bosh dizaynini ishlab chiqish va milliy brendlarni shakllantirish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorda xorijiy mutaxassislar va talabalarni jalb qilish uchun ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirish tartibi ham nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, 2028-yil yakuniga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi quriladi. Ungacha akademiyaga o‘tkazilgan talabalar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yotoqxonasidan belgilangan tartibda foydalanishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Xorijda o‘zbek restorani ochgan tadbirkorga xarajatlari bir qismi qoplab beriladi

Published

on


Xorijda o‘zbek milliy taomlariga ixtisoslashgan restoran yoki oshxona tashkil etgan mahalliy tadbirkorlar ayrim xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini subsidiya sifatida qaytarib olishi mumkin.

Ushbu xizmat Turizm qo‘mitasi tomonidan my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bepul ko‘rsatiladi.

Subsidiya O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va xorijda milliy restoran tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.

Ariza topshirishda restoranning xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tganini va binodan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqlik bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Shuningdek, restoranni tashkil etish bilan bog‘liq amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, zaruratga qarab O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar va ularning rasmiy tarjimasi so‘ralishi mumkin.

Restoranning ichki va tashqi ko‘rinishini aks ettiruvchi fotosuratlar ham arizaga ilova qilinadi.

Ariza my.gov.uz portali orqali elektron shaklda yuboriladi va 18 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinsa, subsidiya mablag‘lari 7 ish kuni ichida tadbirkorning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Arizada kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tadbirkorga ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim qilish imkoniyati beriladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ustyurtda sayg‘oqlar uchun beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi

Published

on


Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi «Sayg‘ochiy» kompleks landshaft buyurtma qo‘riqxonasida yovvoyi hayvonlarni suv bilan ta’minlash maqsadida beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi.

Tashabbus Ekologiya qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Global ekologik jamg‘arma (GEF) bilan hamkorlikda «Aral Sea Wetlands» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Suv resurslari cheklangan Ustyurt cho‘li sharoitida qo‘shimcha suv manbalarining mavjudligi sayg‘oqlar va mahalliy faunaning boshqa vakillarini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.

Avtonom tizimlar quyosh energiyasida ishlaydi va to‘liq avtomatlashtirilgan. Ularning har biri 3 kub metr sig‘imga ega suv havzalari, nasoslar, datchiklar va hisoblagichlar bilan jihozlangan. Bu markazlashgan elektr energiyasi va suv ta’minoti manbalariga doimiy ulanish zaruratisiz suvni barqaror yetkazib berish imkonini beradi.

Suv ichish tizimlari bilan bir qatorda hududga 10 ta kamera va 10 ta fototuzoq ham o‘rnatildi. Ular hayvonlarni sutka davomida kuzatish, harakatlanishi va suv ichish joylaridan foydalanishini qayd etish, shuningdek, populyasiyalar holatini keyingi monitoring qilish uchun ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

Ustyurtning og‘ir tabiiy sharoitida yashaydigan sayg‘oqlar uchun qo‘shimcha suv manbalarining yaratilishi yovvoyi hayvonlar populyasiyalarini saqlash va tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtonom suv ichish tizimlarining o‘rnatilishi Ustyurtda bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri bo‘lib, zamonaviy kuzatuv vositalari orqali hayvonlar holatini monitoring qilish va zarur ma’lumotlarni to‘plash imkonini ham beradi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.