Connect with us

Siyosat

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari 2024 yilda ta’sis etilgan Oliy davlatlararo kengash formati o‘zining dolzarbligi va samaradorligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

– Munosabatlarimiz bugungi kunda eng yuqori – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini, ikki tomonlama salohiyatdan foydalanish yo‘llarini batafsil muhokama qildilar va O‘zbekiston – Qozog‘iston sherikligini kengaytirishga sezilarli turtki beradigan bir qator qarorlar qabul qildilar.

O‘zaro savdoning barqaror o‘sishini ta’minlash, uning tarkibini diversifikatsiya qilish va biznes uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 4 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha 10 milliardga yetkazish maqsad qilingan.

Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, savdo va investitsiya bitimlarining salmoqli to‘plami shakllantirilgan, “O‘zKazTreyd” kompaniyasi ta’sis etilgan, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mamlakatimiz yetakchisi sanoat kooperatsiyasi sohasida erishilgan katta muvaffaqiyatlarni qayd etdi.

Tashrif doirasida «Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi hamda 1,3 milliard dollarlik qator muhim loyihalar ishga tushiriladi. Bundan tashqari, umumiy qiymati 8 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, kimyo, geologiya, infratuzilma, logistika, agrosanoat va ko‘plab boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli Sanoat kooperatsiyasi dasturi tayyorlandi.

Transport va logistika sohasida tizimli sheriklik ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Yangi transport yo‘laklarini, shu jumladan, «Uchquduq – Qizilo‘rda» yo‘nalishini yaratish, Aqtau, Quriq va Xorgos portlarida yuk tashishni rag‘batlantirish bo‘yicha birgalikda ishlash zarurligi qayd etildi.

Energiya resurslarini tashish va qayta ishlash, energiyani tejash, «yashil» texnologiyalar hamda axborot texnologiyalarini joriy qilish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Suv-ekologiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘riladi. Tomonlar tashrif doirasida Transchegaraviy suv ob’yektlarini birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi bitim imzolanishini olqishladilar.

Yetakchilar gumanitar aloqalar alohida o‘rin tutishini qayd etdilar. Joriy yilda Olmaota va Ostona shaharlarida qo‘shma madaniy tadbirlar – «Lazgi» baleti, rassomlar ko‘rgazmasi, adabiyotchilar forumi va yoshlar festivali, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari va Toshkent shahrida Ostona kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fan va ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvlarni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma dasturlarni kengaytirishga kelishib olindi.

Qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, O‘zbekiston va Qozog‘istonning tarixiy qadamjolari, boy madaniy va ma’naviy merosini ommalashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, muzokaralar kun tartibi yuzasidan Bosh vazirlar o‘rinbosarlari, energetika, transport va madaniyat vazirlarining hisobotlari tinglandi.

Davlatlararo oliy kengashning ikkinchi yig‘ilishi yakunida bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Published

on


Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.

«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.

Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.

Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.

Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi

Published

on


Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.

Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.

Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.

AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. 

Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.