Connect with us

Iqtisodiyot

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish bilan alohida vazir o‘rinbosari shug‘ullanadi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 50 ming kilometrlik sug‘orish tarmoqlari mavjud bo‘lib, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv ob’yektlari faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yillarda yurtimizda suv xo‘jaligi tizimini isloh qilish, irrigatsiya infratuzilmasini yangilash va suv resurslaridan tejamkor foydalanish borasida izchil choralar ko‘rilmoqda. Biroq quyi bo‘g‘indagi boshqaruv tizimida, jumladan, xizmat ko‘rsatish samaradorligi, hisob-kitoblar shaffofligi va moliyaviy mustaqillik bilan bog‘liq hali yechimini kutayotgan muammoli masalalar bor.

Taqdimotda sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanadi va iste’molchilarga elektron tarzda ma’lum qilinadi. Bu tizim hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etadi hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.

Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash maqsadida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasi bilan integratsiya yo‘lga qo‘yiladi.

Shu orqali sug‘oriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boradi.

Shuningdek, sohadagi barcha ma’lumotlarni bir tizimda jamlash uchun Suv xo‘jaligi vazirligining “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” tashkil etiladi. Markaz suv balansi, nasos stansiyalari va suv sarfi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qiladi, qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini yaratadi.

Bundan buyon suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish masalalari bilan alohida vazir o‘rinbosari shug‘ullanadi.

Sohada “Davlat suv kadastri” axborot tizimi yaratiladi. U orqali suv resurslariga oid ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralardan yig‘iladi va yagona bazada shakllantiriladi. Bu, o‘z navbatida, ma’lumot almashish jarayonini soddalashtirib, hisobotlarni qog‘ozda yuritish amaliyotini qisqartiradi. “Davlat suv kadastri” tizimini 2026 yil apreliga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Quyi bo‘g‘indagi xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Ehtiyoj va mavsumiy sharoitdan kelib chiqib, xizmatlarda shtatlarning o‘zgaruvchan boshqaruv tizimi joriy etiladi. Xizmatlarning samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.

2026 yildan boshlab xodimlarni rag‘batlantirish tizimi amaliy natijalarga bog‘lanadi, ya’ni yetkazilgan suv miqdori va foydalanilgan hajm o‘rtasidagi tafovut asosida baholanadi.

Muassasalarning moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizini o‘zining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirishiga ruxsat beriladi.

Suv xo‘jaligi nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish amaliyoti kengaytiriladi. 2026 yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarning 50 foizi, 2027 yilga borib esa Namangan viloyatidagi barcha nasos stansiyalarini xususiy sheriklikka berish rejalashtirilmoqda.

Bu borada Namangan viloyatining Chortoq tumanida “bir nasos – bir tizim” tamoyili asosida “Chortoq tajribasi” amalga oshiriladi. Bunda xususiy sherik iste’molchilarni suv limiti doirasida suv bilan ta’minlaydi, nasoslarga bog‘langan maydonlardan hisoblangan suv solig‘ining 40 foizi xususiy sherikka to‘lab beriladi. Ushbu mablag‘lar hisobiga suv hisobini avtomatlashtirish va nasos stansiyalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Tajribaning mazmun-mohiyati va afzalliklarini dehqon va fermerlarga yetkazish maqsadida “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 2025-2026 yillarda har bir tumanda bittadan “o‘quv dala-shiypon” tashkil etilib, jami 141 ta tumanda 3,5 ming gektar maydon qamrab olinadi.

Prezidentimiz mutasaddilarga sohada raqamlashtirishni jadallashtirish, hisob va hisobot jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, quyi bo‘g‘inda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish va xodimlarning mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi hamda bu boradagi tegishli hujjatlarni imzoladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.