Iqtisodiyot
Xorijdan yangi telefon olib kirishda ovoragarchilik biroz kamaydi
Endi O‘zbekistonga kirayotgan yoki xorijga chiqib ketayotgan yo‘lovchilar bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali onlayn topshirishi mumkin. SIM-kartali qurilmalarning IMEI-kodlarini bittalab yozib o‘tirmay, ilovada skanerlab olsa bo‘ladi. Bu qulaylik hozircha faqat Toshkent xalqaro aeroportida bor, 1 noyabrdan barcha o‘tkazish punktlarida joriy etiladi. Bojxona qo‘mitasi ilovadan foydalanish uchun bepul WiFi hududlarni ham va’da qilmoqda.
O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini onlayn to‘ldirib, taqdim etish imkoniyatini joriy qildi. Buning uchun mo‘ljallangan “Yo’lovchi deklaratsiyasi” nomli mobil ilova ishga tushirildi. Ilovani Play Market va App Store’dan yuklab olish mumkin.
Fuqaro ilovaga pasport ma’lumotlarini kiritgach, deklaratsiyaning ayrim bandlari avtomatik to‘ldiriladi. Shundan keyin foydalanuvchi kirib kelayotgan yoki chiqib ketayotgan davlatiga doir hamda olib o‘tayotgan valuta qimmatliklari va boshqa tovarlarga doir ma’lumotlarini kiritadi.
Ilovada SIM-kartali qurilmalarning 15 ta raqamdan iborat IMEI-kodlarini qo‘lda yozmasdan, skanerlash orqali kiritish mumkin.
Ilova hozircha “Toshkent” xalqaro aeroportida sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, 1 noyabridan boshlab barcha chegara o‘tkazish punktlarida to‘liq joriy etiladi.
“Bundan tashqari, qo‘shimcha tarzda chegara bojxona postlariga infokiosklar ham o‘rnatish va ular orqali YBD yuborish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda
Chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslar tomonidan tizimning mobil ilovasidan foydalanish uchun bepul internet (WiFi) hududlar tashkil etiladi”, – deyiladi Bojxona qo‘mitasi xabarida.
Qayd etilishicha, deklaratsiyani onlayn to‘ldirish – qog‘oz shaklda to‘ldirgan vaqtda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchiliklar (deklaratsiyaning dasturga kech kiritilishi, xato kiritilishi yoki kiritilmay qolishi, deklaratsiyaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish kabi holatlar)ning oldini oladi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasini amaliyotga joriy etish vazifasi – O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 25 martdagi 57-son farmonida belgilangan edi.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Jamiyat5 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot20 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
